O’qishni ko’chirish bo’yicha test sinovida ishtirok etadiganlar diqqatiga

O'qishni ko'chirish bo'yicha test sinovida ishtirok etadiganlar diqqatiga

O’qishni ko’chirish.

Ertaga, 16-avgust kuni barcha hududlarda talabalar o’qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

1-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bunda talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari hamda:

1-smenada 07:30 ga qadar;
2-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

  • Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi!

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani https://my.uzbmb.uz/allow-transfer saytidan olishlari mumkin.

Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi.

Test natijalari bilish 2023. mandat.uzbmb.uz

manba