Bosh sahifa » Abituriyentlar » O’qishni ko’chirish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

O’qishni ko’chirish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

by nafisa nafisa

O'qishni ko'chirish bo‘yicha test sinovi natijalari e'lon qilindi

O’qishni ko’chirish test natijalari.

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2023-yil 16-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1-usul:

 my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2-usul:

mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023”bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

3-usul:

Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2023” bo‘limidan):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

O‘qishimni ko‘chirishga ruxsat berilgan yoki berilmaganini quyidagicha bilish mumkin.

mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023” bo‘limi orqali talabgorning ID raqami kiritilganda:

  • “Talab bajarildi” — sariq rang ko’chirish uchun yetarli ball to’plandi va ruxsat etildi,
  • “Talab bajarilmadi” — qizil rang o’tish bali to’planmadi va ko’chirish rad etildi degan ma’noni bildiradi.

mandat.uzbmb.uz Testning natijalarini bilish

manba

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar