Milliy sertifikat imtihoni.
Milliy sertifikat imtihonlarida test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi
Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida“ 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga o‘zgartirish kiritildi.
Unga ko‘ra, umumta’lim fanlaridan milliy sertiikat imtihonlariga talabgorlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali amalga oshiriladi.
Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilgani sababli talabgordan belgilangan to‘lovning 90 foizi undiriladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llanadi.
✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra:
🔹 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga — A+ daraja;
🔹 65 – 69,9 ball olgan talabgorga — A daraja;
🔹 60 – 64,9 ball olgan talabgorga — B+ daraja;
🔹 55 – 59,9 ball olgan talabgorga — B daraja;
🔹 50 – 54,9 ball olgan talabgorga — C+ daraja;
🔹 46 – 49,9 ball olgan talabgorga — C daraja.
65 ball olsa ham abituriyentga testda maksimal ball beriladimi?
✅ JAVOB: Aslida aytarli katta o‘zgarish bo‘lmadi, asosiy o‘zgarish bu test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi. “Endi milliy sertifikatdan 65 ball olsa ham abituriyentga testda maksimal ball beriladi” deyilgan xabarlar Umuman olganda bu to‘g‘ri xabar, ammo biroz masala mohiyati ochib berilmagan.
Hozirgacha amalda bo‘lgan milliy sertifikat imtihoni 100 ballik baholash tizimida 86 balldan oshirganlarga testda o‘sha fandan maksimal ball, 60-86 ball to‘plaganlarga esa, olgan baliga mos ravishda tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berilar edi.
Hozir ham xuddi shunaqa bo‘ladi. Faqat endilikda maksimal ball 100 emas, balki 75 ball bo‘ladi. Ko‘pchilik avvalgidek 100 balldan 65 olsam maksimal ball olarkanman, deb o‘ylab adashmoqda. Yo‘q, endi 75 balldan 65 olish kerak. 65 ball bu 75 ning 86 foizi bo‘ladi. Demak, oldingidan hech narsa o‘zgarmagan.
- A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTM bakalavriatiga test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi;
- B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.
- Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga esa avval bo‘lganidek tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.
Tavsiya etamiz: Аbiturientlar 2024-2025 yilda imtihon topshiradigan fanlar majmuasi