Meva va sabzavotlar haqida qiziqarli she'rlar.
Bosh sahifa » She'rlar to'plami » Meva va sabzavotlar haqida qiziqarli she’rlar.

Meva va sabzavotlar haqida qiziqarli she’rlar.

Kattalar va bolalar uchun Meva va sabzavotlar haqida qiziqarli she’rlar.Bolalar uchun olma, behi,shaftoli mevalari va sabzavotlar haqida eng yangi she’rlar to’plami.

Meva va sabzavotlar haqida.

Meva va sabzavotlarning rangi ko‘p narsani anglatishi mumkin. Masalan, yashil sabzavotlarda xlorofill va foliy kislotasi ko‘p, ko‘k olmalar qizil olmalarga nisbatan temir va vitaminlarga boyroq, olov rang sabzavot va mevalarda beta-karotin ko‘p. Meva va sabzavotlarning yorqin rangi ularning mazasini yoqimli qilibgina qolmay, turli kasalliklarga qarshi kurashadigan foydali fitonutrientlar haqida ham darak beradi.

Turp

Rangim yashil,
Sabzavotning turiman.
Vitaminga boyman juda,
Sabzavotlar zo’riman.
Shamollashga shifodirman,
Nomimni aytsam turpman.
Osh qilsalar oilangizda,
Men ham tayyor turibman.

Hosil (Mehrjon) bayrami tadbiri ssenariysi

Sabzi

Qizil, sariq bo’laman,
Goh uzun, goh to’laman.
Ishlatar meni oshga,
Gapim yo’q endi boshqa.

Meva va sabzavotlar tilidan

Olma: Olmadir mening ismim
Biram yoqimli hidim

Anor: Loladek qip qizil rangdaman
Mevalar ichra a’loman

Nok: Xush ko‘rishar azaldan
Shirindurman asaldan

Uzum: Marvarid shodasiday
Ishkomlarda osig‘liq

Tarvuz: Men kabi shirin ne’mat
Topilmaydi dunyoda

Qovun: Tanaga quvvat berar
Tilimim tilni yorar

Sholg‘om:
Sholg‘om bobo deb meni
Tabobatda siylashar

Pomidor: Men bilan taomlar
Chiroyli rangga kirar
Palov to‘ra yonidan
Menga albat joy yetar

Baqlajon: Kaminani nomilari
Mulla baqla, baqlajon
Oshpazlar salat qilsa
Yeb to‘ymaysiz hech qachon

Qavoq: Meni derlar qovoq, kadi
Ming dardga darmon kadi.

Mevalar pishibdi.

Boqqa kirsam shaftoli, uzum
Sharbatlarga to‘lib pishibdi
Oltin nashvati, yoqut olmalar
Uzulib tagiga tushibdi.

Bolalar haqida she’rlar to’plami

Kuz tarovati.

Kuzimizning go‘zalligin
Og‘aynilar ko‘rganmisiz?
Tokdan xusayni, yerdan qirqma
Shohdan behi uzganmisiz?

Uzum uzib, sharbat suzib
Shinniga o‘t yoqqanmisiz?
Gala-gala, shoda-shoda
Duv-duv yong‘oq qoqqamisiz.

Qulupnay.

Kelganida kulib may,
Pishar akang-qulupnay.
Ba’zan yertut deyishar,
Meni sevib yeyishar.
Tayyorlansa murabbo,
Bo’laman tanga davo.
Yeb ko’ring-a, qulupnay,
Ishtaha bo’lsin karnay.

Dovuchcha.

– Shoxda shig‘il dovuchcha,
Ko‘m-ko‘k yashil dovuchcha.
Kesak otib qoqaymi?
– Yo‘q!
O‘zing yerga tushasan,
Pishib hil-hil dovuchcha!

Mevalar tilidan Shaftoli.

Nomim derlar shaftoli,
Bo’laman men ham totli.
Turim bordir bir talay,
Qay birin sanab o’tay.
Hatto danagim foyda,
Ishlatar ko’plab joyda.
Men, ha o’sha shaftoli,
Gaplashamiz xo’p, hali.

Yil fasllar haqida eng yangi she’rlar.Fasllar haqida she’r.

Do’lana.

Bolalardan xursandman
Menga ko’p tegishmaydi.
Mevamga toshlar otib,
Shoximni egishmaydi.
Chunki shoxlarim tikon,
Ular bundan qo’rqishar.
Ammo katta odamlar
Shoxlarimni qirqishar.
Ular bundan qo’rqmaydi,
Chunki ular katta-da.
Meni hech tinch qo’ymaydi,
Yil, oy va har haftada.
Gapni qisqa qilsam gar,
Meni hamma taniydi.
Shoxlarimni egishib,
Sindirmasa qaniydi.

Behi.

Daraxtlarning ichida
Barglarim biroz katta.
Shu bois mevalarim,
Kattaroq-da, albatta.

Olmurt.

Shoximni egma
Juda ham murtman.
Mevamni yeb ko’r,
Shirin olmurtman.

Sabzi.

Yupqagina
Po’stim bor,
Dalada
Ko’p do’stim bor.
Maqolda ham
Yoziqman.
O’sha
“Oltin qoziq”man.
Yotsam
Yerga qapishib,
Dumginamdan
Tortishib,
Tashladilar
O’raga…
Salom
Palovto’raga!

Zira.

Nozikkina ziraman,
G’ovlamayman sira man.
Oshpazlarning tushiga
Har kun kirib turaman.

Joyim — tog’lar orasi,
Baxmal ungur sarasi.
Sayr etganda bir eslang
Anzur, zirkning jo’rasin.

Xushbo’ylikda nafisman,
Gulim go’yo nargisman.
Insonga sadoqatli
Shifokorman — parhezman.

O’rik.

Qantak o’rik
Otim bor.
Xo’p mazali
Totim bor.
Mag’zimga berkitgan
Qantim bor,
Novvotim bor.

Shaftoli.

Qizil, sariq, ko’kim bor,
Og’irgina yukim bor.
Qo’yningizga solmangiz,
Qitiqlayman, tukim bor.

barcha mavzudagi she’rlar to’plami.

Sabzi va Olma dialogi.

Olma:
– Men daraxtda pishaman,
Pishsam to‘p-to‘p tushaman.
Shaklim yum-yumaloq,
Rangim qizil, sariq oq.
Bog‘bon bobom mevasi,
Hammaning arzandasi.
Daraxtdir mening uyim,
Sog‘liq tilashdir o‘yim.

Sabzi:
– Yer ostidir makonim,
Quyoshni ko‘rmas yuzim.
Lekin shifobaxshlikda,
Qolishmasman, chin so‘zim.
Rangim qizil yo sariq,
Shaklim uzun va oriq.
Dehqonning zahmatidan
Bo‘larman elga tortiq.

Olma:
– Ona quyosh taftidan,
O‘sib bahra olamiz.
Elimiz dasturxonin,
To‘la-to‘kis qilamiz.

Meva va sabzavotlar haqida she’rlar to’plami.

Kuz fasli haqida eng yangi she’rlar.

manba.

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top