Metodbirlashmalar faoliyati.
🔹Umumtaʼlim maktabida boshlangʻich taʼlim hamda 5-11-sinflarda esa alohida fanlar yoki bir-biriga yaqin boʻlgan fanlar turkumi boʻyicha Metodbirlashmalar faoliyat koʻrsatadi.
🔹Umumtaʼlim maktabida bitta fan turkumi boʻyicha kamida uch nafar oʻqituvchi boʻlsa, Metodbirlashma tashkil etiladi. Agar tegishli fan boʻyicha oʻqituvchilar soni uch nafardan kam boʻlsa, u holda ushbu fan oʻqituvchilari shu turkumdagi fan oʻqituvchilari bilan birgalikda bitta Metodbirlashmaga birlashadi.
🔹Metodbirlashma rahbari metodbirlashma aʼzolari bilan kelishgan holda, maktab direktorining buyrugʻi bilan, oʻz yoʻnalishi boʻyicha metodik ishlarni yaxshi yoʻlga qoʻygan, doimiy ravishda uzluksiz metodik xizmatni tashkil eta olgan, ijodkor va tajribali oʻqituvchilardan tanlab olgan holda har oʻquv yili boshida tayinlanadi.
🔹Umumtaʼlim maktabining har bir oʻqituvchisi (oʻrindoshlik asosida ishlayotgan oʻqituvchilar ham) oʻz yoʻnalishlari yoki tegishli fan turkumi boʻyicha Metodbirlashmaga aʼzo boʻlishi shart.
🔹Metodbirlashma tarkibi umumtaʼlim maktabi direktorining buyrugʻi bilan shakllantiriladi.
🔹Metodbirlashmaning faoliyati umumtaʼlim maktabi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan nazorat qilinadi.
🔹Metodbirlashma yillik ish reja asosida faoliyat koʻrsatadi. Metodbirlashma ish rejasi metodbirlashma rahbari tomonidan ishlab chiqiladi va Metodbirlashma yigʻilishida koʻrib chiqiladi, umumtaʼlim maktabi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
🔹Metodbirlashma yigʻilishlari har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.
🔹Metodbirlashma yigʻilishlariga boshqa Metodbirlashmalarning mavzulari yoki qiziqishlariga taʼsir etuvchi masalalarni koʻrib chiqilishida o‘sha Metodbirlashma taklif etilishi lozim.
🔹Oʻquv yili oxirida Metodbirlashma faoliyatiga oid barcha hujjatlar direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tahlil qilinadi.
🔹Metodbirlashma taʼlim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlaydi va pedagogik kengashga taqdim etadi.
METODBIRLASHMANING YANGI NIZOMI: 8-сонли МХК бўйруғи
Tavsiya etamiz: Barcha fanlar uchun 3- sonli metodbirlashma bayonnomalari.