Maktablarda yuqori internet tezligiga ega tarif rejalari joriy etiladi
Bosh sahifa » O'qituvchilarga » Maktablarda yuqori internet tezligiga ega tarif rejalari joriy etiladi

Maktablarda yuqori internet tezligiga ega tarif rejalari joriy etiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “Umumtaʼlim maktablarini zamonaviy kompyuter texnikalari bilan taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. 

Maktablarda yuqori internet tezligi

Unga kora, Raqamli texnologiyalari vazirligi 2024-yil 1-yanvarga qadar umumtaʼlim maktablari uchun yuqori tezlikda va cheklovlarsiz kirish imkonini beradigan yangi tarif rejasini ishlab chiqishi ko‘zda tutilgan.

Bunda, taʼlim muassasalarida 400 nafargacha oʻquvchisi boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Internet tezligi kamida 40 Mbit/s, oʻquvchilar soni 400 nafardan koʻp boʻlganlarda — kamida 100 Mbit/s boʻladi;

“New Education” tarif rejasining har bir tezlikdagi paketi uchun har oylik abonent toʻlovi miqdorlarini belgilash va bunda taʼlim tashkilotlari tomonidan internet xizmatlaridan tungi vaqtda foydalanilmasligi inobatga olinadi.

Ustamalar berish haqida

Qarorga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari umumtaʼlim maktablarini yuqori tezlikdagi internetga ulash hamda yil davomida uzluksiz ishlashi uchun zarur mablagʻlarni oʻz vaqtida mahalliy byudjetdan moliyalashtirib borishi ko‘zda tutilgan. Maktablarda yuqori internet tezligi.

 

She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
Scroll to Top