Bosh sahifa » O'qituvchilarga » Maktab o’qituvchilari uchun belgilangan qoʻshimcha ustamalar

Maktab o’qituvchilari uchun belgilangan qoʻshimcha ustamalar

by nafisa nafisa

Maktab o'qituvchilari uchun belgilangan qoʻshimcha ustamalar

Maktab o’qituvchilari uchun ustamalar.

Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilari va xodimlari uchun belgilangan qoʻshimcha ustamalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi brifingida ma’lum qilindi:

Xalqaro olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va direktorlarga bazaviy ta’rif stavkalariga nisbatan:

➖ oltin medal uchun 200 foiz,
➖ kumush medal uchun 175 foiz
➖ bronza medali uchun 150 foiz

  •  o’qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblariga lavozim maoshiga nisbatan – 150 foiz,
  •  o’qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblariga lavozim maoshiga nisbatan – 100 foiz,
  •  tegishli xalqaro va milliy sertifikatlar uchun xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog-kadrlarga ta’rif stavkalariga nisbatan – 50 foiz,
  •  xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog-kadrlarga tarif stavkalariga ko‘ra – 50 foiz,
  •  kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test va suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog-kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining – 5.5 barobari,
  •  fizika-informatika, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikatlar sinovidan maksimal ball olgan pedagoglarning ish haqi to‘lovlariga – 50 foiz,
  •  chet tili fanlari bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar ish haqiga – 50 foiz ustamalar beriladi.

O’qituvchilar bir yo’nalishda o’qib, ikkita fandan dars berishi mumkin

manba

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar