Bosh sahifa » Abituriyentlar » Kirish imtihonlarida maksimal 189 ball bo’ladi.

Kirish imtihonlarida maksimal 189 ball bo’ladi.

by nafisa nafisa

Kirish imtihonlarida maksimal 189 ball bo'ladi.

Kirish imtihonlari 2023.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

  • Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
  •  Matematika x 10 ta;
  •  O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
  •  30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
60 ta savoldan jami 156,0 ball.

Umumiy 2023/2024-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi >>   Yuklab olish

Javoblar varaqasi namunasi 2023 yil

Abiturentlar uchun

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar