Ikkinchi mutaxasislik bo’yicha OTMga onlayn hujjat topshirish haqida
Bosh sahifa » Abituriyentlar » Ikkinchi mutaxasislik bo’yicha OTMga onlayn hujjat topshirish

Ikkinchi mutaxasislik bo’yicha OTMga onlayn hujjat topshirish

Ikkinchi mutaxasislik bo’yicha OTMga onlayn hujjat topshirish haqida

Ikkinchi mutaxasislik.

Bugun ikkinchi mutaxasislik va undan keyingi ta’lim bo’yicha o’qishga kirish uchun onlayn hujjat topshirish boshlandi.

2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlardan hujjat qabul qilish Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz  orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Kontrakt miqdori OTM kengashi tomonidan belgilanadi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon o‘tkazish muddatlari) OTM rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Natijalar har yili 30-avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari tomonidan e’lon qilinadi.

2-mutaxasislikka ariza topshirish videoyo’riqnoma.

Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.

Tavsiya etamiz: “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olish tartibi 2024

She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
Scroll to Top