Ijod maktablari imtihon.
Ijod maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi ertaga, 27-iyun kuni boshlanadi!
Ijod maktablarining 1-bosqich imtihonlari uchun ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.
Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.
Talabgor uchun eslatma:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi hamda ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomani olib kelishi talab etiladi.
Imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir soat oldin kelish shart.
Quyidagi hollarda talabgor imtihonga kiritilmaydi:
➖tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomasiz kelsa;
➖imtihon boshlanishi belgilangan vaqtdan kechikib kelsa.
Eslatib o’tamiz:
Ijod maktablariga imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi.
1️⃣ birinchi bosqich – ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa;
2️⃣ ikkinchi bosqich – ijodiy suhbat uchun 10 daqiqagacha;
3️⃣ uchinchi bosqich – test sinovlari uchun 85 daqiqa vaqt beriladi.
Tavsiya etamiz: Ijod maktablariga apellatsiyaga ariza berish qoidalari