Bosh sahifa » Abituriyentlar » Ijod maktablariga apellatsiyaga ariza berish qoidalari

Ijod maktablariga apellatsiyaga ariza berish qoidalari

by nafisa nafisa

Ijod maktablariga apellatsiyaga ariza berish qoidalari

Apellatsiyaga berish.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

  1. O‘quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda natija e’lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
  2. Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilarning murojaatlari Agentlikda tegishli mutaxassislardan tuzilgan apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
  3. Apellatsiya komissiyasiga Agentlik direktori o‘rinbosari raislik qiladi.
  4. Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risida murojaatchiga xulosa beradi.
  5. Apellatsiya komissiyasining norozilik arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi xulosasi o‘quvchilarga arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ball qo‘shib berilishiga asos bo‘ladi.
  6. Apellatsiya komissiyasiga boshqa o‘quvchilarning ishlarini ko‘rib chiqish va murojaatchining ishi bilan solishtirishga ruxsat berilmaydi.
  7. O‘quvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) berilgan javoblardan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat etish huquqlariga ega.

 Apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor ushbu elektron manzilga murojaat qilishi mumkin: Havola

Ixtisoslashtirilgan maktablariga apellatsiyaga ariza berish

manba

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar