G'urur va xushomad haqida maqollar
Bosh sahifa » Maqol » G’urur va xushomad haqida maqollar

G’urur va xushomad haqida maqollar

G’urur va xushomad haqida maqollar

G'urur va xushomad haqida maqollar
G’urur va xushomad haqida maqollar

Berib yaxshi ko’ringuncha,
Bermay yomon ko’rin.

Beta’maning boshi baland.
Behuda olqishlagan do’st emas.

Gado gadodan uyalar.

Dimog’dorga bir gap oz,
Ikki gap ko’p.

Yovga yalinma — joningni olar,
Dovga yalinma — molingni olar.

Zamonasozlik — masxarabozlik.

Ichak-qorin go’sht bo’lmas,
Laganbardor do’st bo’lmas.

Ko’rganga ko’z, eshitganga quloq bo’lma.

Muzga suyanma, yovga sig’inma.

Noo’rin g’urur — boshga balo.

Tavsiya etamiz : 

Mehnatsevarlik va ishyoqmaslik haqida maqollar
Halollik va tekinxo’rlik haqida maqollar
To’g’rilik va egrilik haqida maqollar

G’urur va xushomad haqida maqollar.

Ota o’g’li bo’lsang,
Ota nomini baland tut.

Rostini aytsang, urarlar,
Xushomadni suyarlar.

Sahroyining xushomadidan dashnom chiqar.

Surur bir boshqa,
Kibr-u g’urur bir boshqa.

Xom kishini xushomad xarob etar.

Xushomad so’zlagan til
Yalab-yalab yara etar.

Xushomadgo’yga qo’y so’ydirma.

Xushomadgo’yning salomi ta’masiz bo’lmas.

Egilganga bukilma.

Har odamga sunma aslo bo’yningni,
Puch yong’oqqa to’ldiradi qo’yningni.

Haqni aytsa, urarlar,
Xushomadni suyarlar.
Xushomadni suymasa,
Kaltak olib quvarlar.

O’g’rining ishiga to’g’ri uyalar.

Qatorda nori borning ori bor.

Qiz bor — naf tekizar,
Qiz bor — gap tekizar.

Qizil et ketar,
Qizargan bet qolar.

Qizil yuzing qizartirma,
Uzun tiling qisqartir.

Qizni erkiga qo’ysang, o’yinchiga tegar.

Qudaning moli bo’lguncha, ori bo’l.

G’ayrat — otda, hayo — ko’zda.

G’ayrati borning imoni bor.

G’animat — g’arniki,
Undan qolsa — karniki.

G’ar bo’l, o’g’ri bo’l, insofli bo’l.

Tavsiya etamiz : 

Yaxshilik va yomonlik haqida maqollar
Yaxshi so’z va yomon so’z haqida maqollar
Adolat, insof va insofsizlik haqida maqollar

G’ar o’ziga esh tortar,
Yomon aybini birovga ortar.

G’ar o’ziga g’altak qilar,
O’g’ri o’ziga o’rtoq qilar.

G’ar qarisa, g’amzasi qolmas,
Ko’l qarisa — qurbaqasi.

G’arni g’ar desang, o’lgisi kelar,
Sog’ni g’ar desang, kulgisi kelar.

G’unajin ko’z suzmasa,
Buqacha ip uzmas.

Hayo ketdi — balo yetdi.

Hayoli hayodan qo’rqar,
Behayo nedan qo’rqar.

Hayolisi bola ko’rsa, onaman der,
Tannozlari o’z bolasini ukam der.

Hayosi yo’qning imoni yo’q.

Hayosizga shahar katta.

Hayosizga har kun hayit.

Tavsiya etamiz : Boshqa maqollar

Tavsiya etamiz : Topishmoqlar to’plami 

Manba

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top