Fosih Havofiy hayoti va ijodi haqida.
Tarixshunos, shoir, davlat arbobi Fosih Havofiy 1375 Ruy (Xurosondagi Xaf viloyati markazida) tug‘ilgan. Hirotda voyaga yetib, o‘sha yerda tahsil olgan. Amir Temurning o‘g‘li Shohruh hamda uning o‘g‘li Boysunqur Mirzolarning saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qilgan, jiddiy diplomatik vazifalarni bajargan. 1442 yil Hirotda (Afg‘oniston) vafot etgan.
Fosih Havofiyning yagona asari “Mujmal-i Fasixi” (“Tarixiy sanalar yig‘indisi”) ma’lum. Unda voqealar tarixiy ketma-ketlikda bayon etilgan, ayniqsa, 1301-1442 yillardagi voqealar bayonoti – Temur va Temuriylar tarixi bilan bog‘liq qismi qadrli ma’lumot hisoblanadi. Asarda o‘z davrining davlat arboblari va adabiyotshunoslari haqida ma’lumot keltirilgan; avlodlar haqidagi asosiy tarixiy manbalar, mahalliy joylashuvlar, o‘z davrining ma’lum soliqlari, uzunlik va og‘irlik o‘lchov birliklari, tabiiy ofatlar, ichki nizolar va eng asosiysi, bularning barchasi aniq sanalar bilan keltirilgan.
Fosih Havofiyning zamondoshi Kotib Turshizi Nishopuriy uning ulkan she’riy iqtidori haqida yozgan, Isfizoriy (1494 yil vafot etgan) va Alisher Navoiylar u haqda o‘qimishli inson va ajoyib shoir deb yozishgan.
V.V.Bartold o‘zining “Mo‘g‘ullar istilosi davrida Turkiston” asarida (1900 yil) mazkur asarning nodirligi haqida ta’kidlaydi.
Mazkur asar qo‘l yozmalarining nusxalari London, Kembrij, Bankipur, Tabriz, Sankt-Peterburg, Bengaliya va Tbilisi shaharlarida saqlanib kelinadi.
og`rip 1405 yil 1
8 fevral kechasi O’tror hokimi Berdibekning saroyida vafot
etadi. O’z davrining mohir tabiblari va ularning sardori bo’lmish taniqli tabib
Fayzulloq Tabriziyning davokorlari buyuk hukmdor tanasidagi og`irlikka davo
bo’la olmadi.Qazosiga qadar ixtieri o’zida bo’lgan Sohibqiron Amir Temur
o’ziga voris va taxt valiahdi etib nevarasi Pirmuhammad Jahongirni vasiyat qilib
qoldiradi. Amir Temur barpo etgan buyuk saltanat (jami o’z ichiga 2
7 ta o’lka va viloyatlarni jam etgan) garchi Temurning mahorati va kuch qudrati
ilamustahkam turgan bo’lsa da, lekin u ichki jihatdan siesiy ancha zaif,
umumiqtisodiy asosga ega bo’lmagan edi. O’g`illari, nabiralarga mamlakatni
qism-qisimlarga bo’lib berilganligi va suyurg`ol tartibi ham Temur davlati
parokandaligini kuchaytirar edi. Temur jasadi Samarqandda dafn etilishi va
motam marosimlari tugamasdanoq, toju-taxt uchun shahzodolar o’rtasida o’zaro
kurash kuchayib ketdi.
Qobul va shimoliy hind mulklarning hokimi bo’lmish, Pirmuhammadni
ko’pchilik taxt egasi sifatida ko’rishni xohlamas ham edi. Buning ustiga u ancha
uzoqda bo’lib, Samarqandga tezlik bilan etib kelish uchun imkoni ham yo’q edi.
Temur vafotidan so’ng Movarounnahr, Xuroson, Eron, Ozarbayjon, Iroq va
boshqa erlarda notinchlik boshlanib, g`alaenli vaziyatlar yuzaga kela boshladi.
Sekin asta Temur kuch-qudrati bilan barpo etilgan buyuk saltanatga putur eta
boshladi. Fosih Havofiy Temurdan so’ng tirik qolgan uning o’g`il va nabiralarini
sanab, jami ularning soni 36 taga etishini ta`kidlagan edi. Ayniqsa ular orasida
Shohruh (1377-1447) ni va uning o’g`li Ulug`bek (1394-1449) alohida xurmat
manba