Qabulda eng bilimli abiturientlar saralanib olinadi.
Joriy yildan yangi tartib ishga tushsa, roʼyxatdan oʼtish 2 bosqichdan iborat boʼladi:
Birinchi bosqichda abiturientlar agentlik tizimiga oʼzining shaxsiy maʼlumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yoʼnalishlarni tanlamaydi. Dastlabki maʼlumotlar abiturientlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli boʼladi xolos.
Soʼng abiturientlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abiturientning qoʼlida oʼz toʼplagan balli boʼladi va u prognoz qila oladi.
Masalan, abiturient imtihonda 120 ball toʼplagan va u tibbiyot oliygohlariga kontraktga oʼtish balli 150 dan kam boʼlmasligini biladi. Tibbiyot yoʼnalishlarini tanlasa, kira olmasligi ehtimoli yuqori. Buni oldindan toʼla prognoz qilib boʼlmasligi mumkin, biroq oldingi yillardagi oʼtish ballariga asoslanib, ancha aniq qaror qabul qilish mumkin. Shunda abiturient balli pastroqligini hisobga olib, bir yil yoʼqotmaslik uchun biologiya yoʼnalishini tanlashi mumkin.
Tavsiya etamiz: Super Kontraktning bir qancha turlariga ruxsat berildi