Boburnomadan olgan taassurotlarim.
Reja:
- Oโzbek nasrining goโzal namunasi
- Asar voqealari talqini
- โBoburnomaโasari qahramonlari tavfsifi
- Bobur asarlari shaydosiman
,Boburnomaโ โ oสปzbek nasrining goสปzal namunasi. Ungacha Yusuf xos Hojibning โQutadgสปu biligโ asari muqaddimasida, Rabgสปuziy ijodida nasr namunalari uchrar edi. Alisher Navoiy uni yuqori pogสปonaga olib chiqdi. Biroq โBoburnomaโ bu borada oสปzbek nasrining oสปziga xos kashfiyoti sifatida yuz koสปrsatdi.
Asarda tarixning Bobur yashab oสปtgan davri voqelari ifodalangan. Bu voqealar Andijon, Samarqand, Xoสปjand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha boสปlgan qamrovga ega. Yaสผni unda Oสปrta Osiyodan boshlab Hindistongacha boสปlgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan.
โBoburnomaโdagi voqealar bayoni aniq, ixcham va loสปnda, taสผsirchan, eng muhimi, hayotiy haqiqatga mos va muvofiqligi bilan eสผtiborlidir. Muallif voqealar bayonida tabiat tasviriga, ayrim joylar tavsifiga, alohida kishilarning taสผriflariga jiddiy ahamiyat beradi.
Zahriddin Muhammad Bobur tarjimai hol
Asarda oสปsha davr kishilarining haqqoniy, realistik tasviri berilgan. Bu narsa Boburning bergan maสผlumotlaridagi ishonchlilikni taสผminlagan.Asar bilan yaxshi tanishish Bobur xarakterini, undagi fazilatlar manbalarni aniqlashga imkon beradi.
Bobur oสปz otasi haqida shunday yozadi: โhanafiy mazhabliq, pokiza eสผtiqodliq kishi ediโฆ Ravon savodi bor edi.
Muallif oโz asarida voqealar bilan cheklanmaydi, albatta, balki ularning ishtirokchilariga, markaziy qahramonlariga ham keng oโrin beradi. Natijada biz bobur zamonida yashagan va tariximiz, maโnaviyatimizda muhim mavqega ega boโlgan davlat va madaniyat arboblari bilan birga ham tanishamiz. Shuningdek, asar muallifning muayyan tarixiy voqea haqida hamda oสปzaro dushmanlik qilgan temuriylar โ Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton Mahmud, Boysungสปur Mirzo, Sulton Husayn va boshqalarning xulqatvori, tabiati xususida bildirgan fikrmulohazalari bilan ham ahamiyatlidir.
Xulosa ลrnida shuni aytishim joizki, men bu asarni oโqish davomida Boburni nafaqat shoh va shoir ,balki, buyuk sarkarda siymosida taxayyulimda gavdalantira oldim desam mubolagโa bลlmaydi.
Tavsiya etamiz:ย Z.M.Bobur adolatli shoh va buyuk shoir mavzusida insho.