Attestatsiya imtihoni.
Attestatsiya imtihoniga bormasa nima bo’ladi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.09.2021 yildagi 572-son qaroriga 3-bob 45-bandiga ko’ra,
Pedagog kadrlar attestatsiyada UZRLI SABABga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda bo‘lganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki ta’lim tashkilotlari rahbarlarining ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan boshqa asoslarga) ko‘ra kelmagan bo‘lsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chirilishi belgilangan.
Lekin 46-bandga ko’ra, UZRSIZ SABABga ko’ra majburiy attestatsiyada ishtirok etmagan bo’lsa, u attestatsiyadan o‘tmagan hisoblanadi hamda uning tegishli malaka toifasi (lavozimi) bir pog‘ona tushiriladi.
Uzrsiz sababga ko‘ra attestatsiyada ishtirok etmagan MUTAXASSIS (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadr attestatsiyadan o‘tmagan hisoblanadi hamda ish beruvchi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.
Navbatdan tashqari attestatsiyada esa to’lovingizga kuyasiz lekin hech qanday salbiy qaror qabul qilinmaydi!
Tavsiya etamiz: 2024-2025-o’quv yilida pedagoglarni rag’batlantirish to’g’risida.