2025-yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladiga attestatsiya sanalari belgilandi
Bosh sahifa » Attestatsiya » 2025-yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladiga attestatsiya sanalari belgilandi

2025-yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladiga attestatsiya sanalari belgilandi

2025-yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladiga attestatsiya sanalari belgilandi.

Attestatsiya sanalari.

Maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga ko‘ra:

 Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti, Geografiya fanlaridan  15-16 aprel kunlari (2 kun);

 Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan va umumta’lim muassasasi psixologi  17 aprel kuni (1 kun);

 Ingliz tili (umumta’lim), Fransuz tili (umumta’lim), Nemis tili (umumta’lim), Hind tili, Turk tili, Koreys tili, Xitoy tili fanlaridan  18-19, 21 aprel kunlari (3 kun);

Ona tili va adabiyot (o‘zbek sinflar uchun), O‘zbek tili (Davlat tili) fanlaridan  22-24 aprel kunlari (3 kun);

 Jismoniy tarbiya (umumta’lim), Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yo‘nalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yo‘nalishi  o‘g‘il bolalar uchun) fanlaridan  25-26 aprel kunlari (2 kun);

 Matematika fanidan  28-29-aprel kunlari (2 kun);

Biologiya, Kimyo, Fizika fanlaridan  30 aprel, 1-may kunlari (2 kun);

Boshlang‘ich ta’lim fanidan  2-3, 5-7-may kunlari (5 kun);

 Tarix fanidan  8-may kuni (1 kun);

 Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, Iqtisodiy bilim asoslari, O‘qituvchi-defektolog (umumta’lim), O‘qituvchi-logoped (umumta’lim), Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Qirg‘iz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti fanlaridan hamda Badiiy akademiya va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi umumta’lim muassasalari pedagoglari uchun  10-may kuni (1 kun);

 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan  12-may kuni (1 kun);

 Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Rus tili (maktabgacha), Ingliz tili (maktabgacha), Fransuz tili (maktabgacha), Nemis tili (maktabgacha), Jismoniy tarbiya (maktabgacha), O‘qituvchi-defektolog (maktabgacha), O‘qituvchi-logoped (maktabgacha), Tarbiyachi-metodist (MTT direktor o‘rinbosari)  13-14-may kunlari (2 kun);

Qoraqalpoq tili (Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan  15-16-may kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

Shuningdek, joriy yilning 15-may kuni (1 kun) Kasbiy sertifikat sinovlari o‘tkazilishi belgilandi.

Tavsiya etamiz: Attestatsiyasining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan joylar ro‘yxati

She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
Scroll to Top