Pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan joylar ro‘yxati haqida batafsil.
Attestatsiyaning joylar ro’yxati.
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – Pedagogik mahorat markazi (Nukus shahri Ye.Alako‘z ko‘chasi 54-uy, mo‘ljal: MEGA NUKUS savdo majmuasi yonida);
2. Andijon viloyati – Pedagogik mahorat markazi ( Andijon shahar, Istiqlol ko‘chasi 8-uy, mo‘ljal: sobiq Leninskiy ko‘cha)
3. Buxoro viloyati- Buxoro shahridagi 44sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
(Buxoro shahar “Bog‘ishamol ko‘chasi, 5-uy, mo‘ljal:Sharq (oldingi Pedagogika kolleji binosi));
4. Jizzax viloyati – Jizzax shahridagi 4 umumta’lim maktabi (Jizzax shahar, Kimyogar mahallasi To‘qimachilar ko‘chasi 45-uy, mo‘ljal: viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi);
5. Qashqadaryo viloyati – Pedagogik mahorat markazi (manzil: Qarshi shahar Olimlar ko‘chasi 2-uy, mo‘ljal: Qarshi davlat universiteti);
6. Navoiy viloyati – Navoiy shahar Barkamol avlod bolalar maktabi (Navoiy shahar Aloqa ko‘chasi 6-uy, mo‘ljal: Navoiy savdo markazi (SUM) orqa tomonida);
7. Namangan viloyati – Namangan shahridagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi (Namangan shahri, G‘ishtko‘prik MFY, Uychi ko‘chasi, 329-A uy, mo‘ljal – Chorsu);
8. Samarqand viloyati – Pedagogik mahorat markazi (Samarqand shahri, Hasan Obiddinov ko‘chasi, 7-uy,)
9. Sirdaryo viloyati – Viloyat Barkamol avlod bolalar maktabi (Guliston shahar, Shodlik MFY, Navoiy shoh ko‘chasi 55-uy, mo‘ljal: Guliston shahar istirohat bog‘i);
10. Surxondaryo viloyati – Termiz shahridagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabi , (Termiz shahar, Kattabog‘ MFY, Farovon massivi, 2-mavze, 7-manzilgoh, mo‘ljal: “Yashil dunyo” bozori);
11. Farg‘ona viloyati – Farg‘ona shahridagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi (Farg‘ona shahar, “Istiqlol” MFY, A.Qodiriy ko‘chasi -13A, mo‘ljal “Chery” avtosaloni)
12. Toshkent viloyati –Pedagoglarning bilim va ko‘nikmalarini baholash markazi
(Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-uy, mo‘ljal: Metroning “Tinchlik” bekati, “IMZO” firmasining eski binosi);
13. Xorazm viloyati – Urganch shahridagi 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi (Al-Beruniy maktabi) (Urganch shahar 4-Yuqori bog‘ mahallasi Maxtumquli ko‘chasi 229-a-uy, mo‘ljal Omad to‘yxonasi (omad bowling) yoki Urganch shahar 4-son ichki ishlar bo‘limi
14. Toshkent shahri – Pedagoglarning bilim va ko‘nikmalarini baholash markazi (Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy, mo‘ljal: Metroning “Tinchlik” bekati, “IMZO” firmasining eski binosi).
Tez orada 15 apreldan boshlanishi rejalashtirilayotgan toifa testlarining to‘liq jadvali e’lon qilinadi!
Tavsiya etamiz: 2025-yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladiga attestatsiya sanalari belgilandi