
Anton Chexov tarjimai holi
Mashhur rus yozuvchisi Anton Pavlovich Chexov 1860 yilning 29 yanvarida Rossiyaning Taganrog shahrida tugʻilgan. Moskva universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1884), shifokor boʻlib ishlagan. Sil kasali bilan ogʻrib, 1898 yili Yaltaga koʻchgan. Salomatligi yomonlashgach, 1904 yil iyunida Badenveyler (Germaniya)ga borgan va u yerda 1904 yilning 15 iyulida vafot etgan.
TAVSIYA ETAMIZ : CHEXOVNING HIKOYALAR TO’PLAMI
Vodevillar
Chexov 80-yillarning 2-yarmida teatr uchun “Ivanov” (1887–89), “Alvasti” (1889, keyinchalik “Vanya amaki” nomi bilan qayta ishlangan) pyesalari, “Toʻy” (1889) bir pardali pyesasi, shuningdek, “Tamakining zarari haqida” (1886), “Ayiq” (1888), “Yubiley” (1891–92) singari vodevillar yozgan.
Kitoblari
90-yillarda Saxalinga sayohatga borib, katorga va surgun qilingan kishilarning fojiali turmushi bilan tanishgan. Ushbu sayohat xotiralari “6-palata” (1892) qissasi va “Saxalin oroli” (1893–94) kitobida oʻz aksini topgan.
90-yillar oxiriga borib, Chexovning dramaturglik mahorati yuksak choʻqqiga erishdi. “Chayka”, “Vanya amaki” (1896), “Uch opa-singil” (1900–01), “Olchazor” (1903–04) pesalarining 1898 yil Moskva Badiiy teatrida sahnalashtirilishi Chexov ijodida yangi davr boshlanganidan darak berdi.
TAVSIYA ETAMIZ : CHEXOVNING HIKOYALAR TO’PLAMI
Chexov nasriy va dramaturgik ijodi bilan jahon adabiyoti taraqqiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Oʻzbek adabiyotida realistik hikoya janrining maydonga kelishi va Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Abdulla Qahhor hikoyanavislik ijodining shakllanishida Chexov anʼanalari ham muayyan omil boʻlib xizmat qilgan.
Anton Chexov tarjimai holi.Chexovning eng yaxshi nasriy asarlari va pesalari oʻzbek tiliga tarjima etilgan. Uning barcha mashhur pesalari respublikadagi oʻzbek va rus teatrlarida sahnalashtirilgan.