Fransisko Luis Bernardes 1900 yilda Argentinaning Buenos-Ayres shahrida tavallud topgan.
Uning โOสปzgaโ, โBozorโ, โBolalar bogสปchasiโ kabi sheสผriy toสปplamlari chop etilgan.
Bernardes โKemaโ asari uchun Buenos-Ayresning Munitsipal Sheสผriyat Mukofotiga, โIlk sheสผrlarโ, โHaqiqiy sheสผrlarโ asarlari uchun Sheสผriyat Milliy Mukofotiga (1944, Argentina) sazovor boสปldi. Shoir 1978 yilda vafot etgan.
Fransisko Luis Bernardes ijodi
MEVA
Yuragimni qoldirdim
koโmib. Tovush daraxting
soya bergan yerlarda.
Va tovushing daraxti
gullar ochdi muhabbat
yoโgโrilgan soโzlardan.
Tovushing daraxtida
aks etardi oqligi
yuragimning pokligin.
Tovushing daraxtidan
taralar edi ifor โ
tuygโularimdan izhor.
Tovushing daraxtida
etildi qizil meva โ
bu muhabbat mevasi.
Va tovush daraxtingdan
uzilib tushdi meva
qoq yuragim ustiga.
Bamisoli yuragim
edi tovush daraxting
etiltirgan mevasi.
BODOM DARXTIGA TAShBEHLAR
I
(Alla)
Yangi tugโilgan yerni
Koโklam โ mehribon ona.
Bodom gullari bilan
Yoโrgaklar gโoyibona.
II
(Tashakkur)
Dalalarga buyuk tabiat
Bergani-chun sogโligโin qayta.
Har bir bodom daraxti bilan
Oppoq gulli tashakkur aytar.
III
(Upadon)
Kelganida doktor janob Gul
Garchi gโamgin boโlsa-da oโtloq,
Darhol ochar tabassum bilan
Upadonin bahoriy oppoq.
IV
(Maktublar)
Koโklamdagi bodomlar:
Qayligโimning maktubi,
Bahorda koโrdim uni.
Koโklamdagi bodomlar:
Maktublardan parchalar,
Kutgan edim qanchalar.
V
(Taโtil)
Qishki mashgโulotlardan
Chiqdilar tolib dillar.
Gullayotgan bodomdan
Qoโllarida oq daftar.
VI
(Bahoriy taqdimot)
Butun borliq rangi par
Bejo boqar hammaga.
Chunki libosin ilk bor
Taqdim etar ommaga.
VII
(Lid)*
Gulgun bodom nozik hilolga
Aylantirdi lidni nogahon.
Yangrab ketdi Rembo soโzi-yu,
Debyussining kuyi shu zamon.
______________
*Lid โ Vokal musiqa janri.
VIII
(Ilmi bahor)
Xoโp tajriba boโldi bodomga
Oqartirdi soqolini qor.
Endi esa kurtak yozmoqda
Nazokat-la ilmi bahor.
IX
(Nonushta)
Yarim mudroq dalalar
Erinib koโzin ochar.
Kiyinib, soโng bodomgul
Piyoladan choy ichar.
X
(Ibtido)
Yigitcha โ bodomvoyga
Koโklam koโz qirin tashlar.
Qogโozdan qushcha yasab
Oโzi suhbatni boshlar.
Ispan tilidan Hilola Roโziyeva tarjimasi