Bosh sahifa » Insholar » Alisher Navoiyning Farhod va Shirin dostoni haqida insho.

Alisher Navoiyning Farhod va Shirin dostoni haqida insho.

by nafisa nafisa

Alisher Navoiyning Farhod va Shirin dostoni haqida insho.

Farhod va Shirin dostoni insho.

Reja:

  1. Kirish
  2. Asosiy qism
  3. Farhod va Shirin dostoni haqida.
  4. Doston obrazlari.
  5. Farhod va Shirin”da komil inson.

Alisher Navoiy o‘zbek adabiy tilini rivojlantirish, bu tilda adabiy asarlar yaratdi. U xalq manfaatiga qaratilgan masalalarni o‘zining “Xamsa” asarida yoritdi. Bu asar besh dostondan iborat: “Hayratul abror” , “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy”. Bu ajoyib dostonlarda shoir do‘stlik, chin muhabbat, odamlarga g‘amxo‘rlik, halollik, obodonchilik, mehnatga muhabbatni kuylagan. Alisher Navoiy asarlarini xalqimiz sevib o‘qiydi. Uning asarlari asosida
“Farnod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Dilorom”, “Mehr va Suhayl” kabi sahna asarlari yaratildi.

Farhod va Shirin dostoni haqida.

Alisher Navoiyning  «Farhod  va  Shirin»  dostoni  jahon  klassik  adabiyotining muhabbat  bobida  yaratilgan  shoh  asarlaridan  biridir. Doston  ikki  beg`ubor yoshning  haroratli  sof  muhabbatini  kuylashga  bag`ishlangan  bo`lib,  unda odamiylik, insonparvarlik, tinchlik, do`stlik, obodonchilikka intilish kabi motivlar ana shu qudratli sevgi foxida yoritilgan.

 «Farhod  va  Shirin»  asos  qilib  olingan  syujet  Sharq  adabiyotida  Navoiyga qadar ham mavjud edi. U dastlab afsona sifatida Sharq xalqlari tomonidan kuylab kelingan  bo`lsa,  keyinchalik  shoirlar  uchun  ilhom  manbaiga  aylandi.  «Xusrav  va Shirin»  nomi  bilan  Firdavsiy  «Shohnoma»sida  uchraydi.  Furdavsiydan  so`ng  bu mavzu Nizomiy Ganjaviy (1141-1202) tomonidan davr ruhiga moslashtirilib qayta qalamga  olindi.

Tavsiya etamiz: Farhod va Shirin timsollariga tavsif. Farhod va Shirin obrazlari haqida insho.

Nizomiy  o`z  dostoniga  davrning  muhim  sotsial  masalalarini  asos qilib  oldi,  sevgi  va  muhabbat  bilan  bog`aiq  masalalarni  kiritib,  o`zining ilg`org`oyalarini  targ`ib  qildi.  Bu  hol  dostonning  muvaffaqiyatinigina  ta`minlab qolmay, Sharq adabiyoti dostonchiligida adabiy an`analarning keng rivoj topishiga ham sabab bo`ldi. Nizomiydan  keyin  Sharqning  buyuk  shoirlaridan  Xusrav  Dehlaviy  (1253- 1325)  ham  ana  shu  mavzuda  «Shirin  va  Xusrav»  dostonini  yaratib  «Xamsa» navislikning  keyingi  toraqqiyotiga  katta  hissa  qo`shdi.

Xusrav  Dehlaviy  o`z dostonida  Nizomiy  asarining  asosiy  syujeti  va  kompozitsion  qurilishini  saqlagan bo`lsa-da, ammo obrazlar talqini, tabiat tasviri masalalarida boshqacha yo`l tutgan. Shoir dostonida Nizomiy singari Shirin obrazini emas, balki Xusrav obrazini bosh o`ringa  quyib  tasvirlaydi.  Shuning  uchun  ham  turli  ijtimoiy  va  tariyxiy  sharoitda yaratilgan  bu  ikki  doston  o`z  davrining  badiiy  in`kosi  sifatida  jamiyat  hayotining muhim  masalalarini  aks  ettirgan.  Dostonlar  bir-birining  takrori  bo’lmay,  ikki mustaqil asar sifatida el o`rtasida katta shuhrat qozondi va barcha shoirlar uchun ilhom manbaiga aylandi. Alisher Navoiy ham ulug` ustozlarining adabiy an`anasini davom ettirib, o`z dostonini  yaratishga  kirishar ekan, avvalo  Sharq  xalqlarining  shu syujet bilan bog`liq yozma manbalarini chuqur o`rganadi, tariyxiy halq og`zaki ijodidan unumli foydalandi:

Agarchi nazm dilkash bo`lsa masmu`,
Aning afsonasi ham bo`lsa matbu`.
Butun jam` et nekin bo`lsa tavrix,
Boridin ista bu farxunda tarix.

(Agar  she`r  jozibali,  yoqimli  bulsin  desang,  unga  asos  bulgan  afsona  ham tabga  muvofiq  kelsin  desang,  avvalo  tariyxiy  manbalarning  hammasini  yig`ib to`pla va ulardan bu saodatli tarix ma`nosini qidir).

Shoir  ustozlarning  ijodlariga  katta  muhabbat,  samimiyat  bilan  qarab, ularning asarlariga yuqori baho berar ekan, ayrim nuqsonlarini ham aytib o`tadi. U salaflarining  o`z  dostonlari  uchun  zolim  engiltak,  ishqda  beqaror  Xusravni tanglaganliklariga tanqid ko`zi bilan qaraydi:

Rale chukkanlar ushbu jomdin roh,
Sarosar bo`ldilar Xusravga maddoh.
Ki mulki andoqu oyini mundoq,
Sinohi andoqu tamkini mundoq.

(Kim  bu  qadahdan  may  ichgan  bo`lsa,  mamlakati  undoq,  rasm-rusmlari mundoq, qo`shini undog`i hayboti mundoq, deya boshdin oyoq Xusrav maqtovini qildilar).

Doston obrazlari.

Farhod va Shirin” dostoni syujeti esa XII bobdan Chin xoqoninig farzandsizligi va shahzoda Farhodning “ yo‘qlik xonasidan borliq gulshaniga kelgani” ta’rifi bilan boshlangan. Alisher Navoiy “ Farhod va Shirin” dostoni uchun tanlagan syujetda Farhodning Chindan, Shirinning Armaniyadan bo‘lishi — ijodiy niyat ijrosi uchun eng maqbul variantdir. Negaki, dostonning o‘zagi bo‘lmish “Ishqiy- qahramonlik “ syujet chizig‘ining Chin — Armaniya orasida kechishi yozuvchiga o‘zini o‘ylatgan muammolar tadqiqi uchun zarur voqealarni asarga olib kirish imkonini yaratdi.

Chin mamlakatining shohi o‘g‘il farzand ko‘rganligi uchun xalqqa ehson qilib,bir necha kun bayram qiladi.Xalq uch yil soliq to‘lashdan ozod qilinadi.Podsho farzandiga yaxshi ism qo‘moqchi bo‘ladi. Bolaning yuzida “farri shohiy” ,ya’ni shohlik nuri porlab turardi.Bu nur soyasi ostida esa himmat, iqbol hamda davlat o‘rin olgan edi.Shoh ”far” so‘ziga himmat,iqbol va davlat so‘zlarini bosh harflarini qo‘shgan edi, Farhod ismi hosil bo‘ldi. Chaqaloqni pokiza zotini ko‘rgan ishq ham unga Farhod ismini qo‘ygan va uni firoq, rashk, hajr, oh va dard so‘zlarini bosh harflarini tanlagan edi.

Badiy asar syujeti badiiy shakilning eng muhim elementlaridan biri bo‘lib, asarda bir biriga uzviy bog‘liq holda kechadigan, qahramonlarning xati- harakatidan tarkib topuvchi voqealar tizimini anglatadi. Jumladan, Farhodning Iskandar ko‘zgu tilsimini yechishga ishtiyoqi, Yunon mamlakatiga lashkar tortib borishi, ajdarho va Ahiraman dev bilan jangi kabi voqealar asarga hech bir zo‘rakiliksiz, o‘quvchi xayolini band etgan Farhod-Shirin linyasiga uzviy bog‘langan holda olib kiradi va muhimi, ular shoirga vatanparvarlik, adolatparvarlik, xalqlar hamdo‘stligi muammolarini atroflicha badiiy tadqiq qilish, fikrlarni ifodalash imkonini yaratdi.

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy buyuk o‘zbek adibi. Alisher Navoiy haqida insho.

Navoiy o‘zining «Farhod va Shirin» dostonidagi Farhodning Shiringa va Shirinning Farhodga yozgan maktublarida Nizomiy va Dehlaviy dostonidagi noma an’analarini davom ettirgan.“Farhod va Shirin” dostoni o‘zining tuzilishi, obrazlari, badiiy xususiyatlari jihatndan shu janrdagi yangi original asardir. Chunki Navoiyga qadar bunday xarakterdagi boshqa asarlar bo‘lmagan. Navoiyning asari oshiq va ma’shuqalarning o‘zaro sevgi-muhabbatlari mavzuidagi yozishmalari — nomalaridan tuzilgan o‘ziga xos g‘oyaviy-badiiy mundarijaga ega bo‘lgan asardir. Ishq mavzusida yozilgan doston.

Farhod va Shirin”da komil inson.

Shohg’arib mirzoga bag’ishlangan bobda podshohlarning ilmli bo’lishi lozimligidan so’z yuritib, Ulug’bek mirzoni eslatishi sababsiz emas:

Temurxon naslidin sulton Ulug’bek,
Ki olam ko’rmadi sulton aningdek.
Aning abnoyi jinsi bo’ldi barbod,
Ki davr ahli biridin aylamas yod.
Valek ul ilm sori topti chun dast,
Ko’zi olinda bo’ldi osmon past.
Rasadkim bog’lamish zebi jahondur,
Jahon ichra yana bir osmondur.
Bilib bu nav’ ilmi osmoniy,
Ki andin yozdi «Ziji Kuragoniy».
Qiyomatga degincha ahli ayyom.
Yozarlar oning ahkomidin ahkom.

Demak, Alisher Navoiy Farhod va Shirin kabi komil insonlarning baxtli bo’lishi, orzu istaklariga erishishi uchun shart bo’lgan omil – bu odil podshohning o’qimishli, ilmli  bo’lishi lozim deb biladi, ya’ni  komil insonning maydonga kelishi uchun komil sharoit ham, ya’ni Farhodkush zamona – sharoit emas, balki Farhodparvar zamona – sharoit darkorligidan so’z yuritadi. Huddi shuni nazarda tutib, zamondoshlari bo’lgan tarixiy shohzodalarga murojaat qilib, ular shoh bo’lgach, shunga amal qilishlari lozimligini istardi.

Alisher Navoiy dostonining bosh qahramoni Farhoddir. Shoir e’tiroficha, u ham, Husrav Dehlaviyda bo’lganidek, Farhodni Chin xoqonining o’g’li sifatida tasvirlaydi. Shunisi muhimki, xoqon oilasida dunyoga kelgan Farhodga nom qo’yish masalasiga shoir alohida e’tibor berib, shu nomni talqin qilishda, Farhodning tug’ilishi – kelajakdagi komil insonning tug’ilishi sifatida sharhlaydi.

Birinchi sharh:

Ki chun Xoqong’a tengri berdi farzand,
Bo’lub ul hadya birla shodu xursand.
Jamoli birla ko’nglin aylabon xush,
Otin qo’ymoq sori bo’ldi raqamkash.
Jamolidin ko’ringach, farri shohi,
Bu fardin yorudi mah to ba mohi.
Qo’yub  yuz himmatu iqbolu davlat,
Hamul far soyasidin topti ziynat.
Bu javharlarg’a chun isnod topti,
Murakkab aylagach Farhod topti.

Keltirilgan misolning uchinchi va to’rtinchi baytlarida Farhod so’zining ma’nosi quyidagicha sharhlangan:

Uchinchi baytda: Chaqaloqning yuzidan shohlik farri-shohlik shon shukuhi, yorug’ligi ko’rindi. Bunda Farhod so’zining birinchi qismi-«far» izohlangan. To’rtinchi baytida esa Farhod so’zining ikkinchi qismi-«hod» shunday izohlanadi: uning «h» harfi «himmat» so’zining birinchi harfidan, «alif»(o) «iqbol» so’zining arabcha yozuvda birinchi harfi-«alif»dan , uchinchi harfi «d» «davlat» so’zining birinchi harfidan olingan bo’lib, ular to’plansa («h»+ «o» + «d») «hod» so’zi kelib chiqadiki, uning ma’nosi «yo’l boshlovchi»dir. Bas shunday ekan, Farhod so’zining ma’nosi shohlik shon-shuhratiga ega bo’lgan, himmatu iqbol, baxtu saodat va davlat sohibi degan ma’noni anglatadi. Bu bilan Alisher Navoiy Farhod shohzodagina emas, balki eng olijanob fazilatlarga ega shohzoda ekaniga ishora qilmoqda.

Shunday qilib , «Farhod» so’ziga berilgan bu uch sharhga  diqqat qilinsa, unda shu nomga (Farhod) ega bo’lib, Alisher Navoiy tasvirlagan badiiy obrazning mohiyati ochiladi hamda butun doston davomida u ana shunday fazilatlari bilan namoyon bo’ladi.

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy bayrami uchun ssenariylar to’plami

lisher Navoiy tasvirida Shirin Mehinbonu tarbiyasidagi malika. U har jihatdan: zohiriy , botiniy, ma’naviy va ma’rifiy jihatdan ham go’zal va beqiyos. Shuning uchun shoir Shirin siymosi-portretini  shunday bir mahorat bilan chizadiki, uni o’qigan kishining ko’zi o’ngida bu timsol butun borligi bilan namoyon bo’ladi. Bundan tashqari uning ma’naviy-ma’rifiy saviyasi ham  ana shunday go’zal va yuksak darajada. Shuning uchun uning atrofidagi o’n qiz-Dilorom, Diloro, Dil oso, Gulandom, Sumanbu, Sumanso, Parichehr, Parivash va Paripaykarlar ham Shiringa munosib bo’lib, biri she’riyat, biri musiqa , biri mantiq, biri hay’at, biri tarix, biri hisob, biri muammodonlikda tengi yo’q foziladirlar.

Bu fanlarda bular bir-birdin ahsan,
Yuz ul fanliq aro har qaysi yak fan.

Bunda Alisher Navoiy Mehinbonu saroyidagi ajoyib bir ijodkorlik va bilimdonlik muhitini tasvirlaydi. Buning sababini esa Mehinbonuning o’zida ko’radi:

Mehinbonu ki donishparvar erdi.
Bilik ahlig’a shohi sarvar erdi.

«Farhod va Shirin»dagi bu tasvir Shirin kabi komil insonlarni yetishtiruvchi komil sharoitni ham nazarda tutadi. Shunday bo’lganda faqat erkaklargina emas, balki ayollar ham o’z qobiliyatlari va imkoniyatlarini har tomonlama yuzaga chiqora oladilar. Bu esa Alisher Navoiyning orzusi va asosiy maqsadi hamdir. Shuning uchun Alisher Navoiy tasviridagi Shirin o’z taqdirini o’zi hal qiladigan erkin shaxs.

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy hayoti va ijodi. Tarjimai hol. Asarlari haqida

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy ijodiga bir nazar.”To‘g‘rilik va egrilik” dars ishlanmasi.

manba

 

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar