Bosh sahifa » Dars ishlanmalar » Alisher Navoiy ijodiga bir nazar.”To‘g‘rilik va egrilik” dars ishlanmasi.

Alisher Navoiy ijodiga bir nazar.”To‘g‘rilik va egrilik” dars ishlanmasi.

by nafisa nafisa

Alisher Navoiy ijodiga bir nazar."To‘g‘rilik va egrilik" dars ishlanmasi.

A.Navoiy ijodiga bir nazar. To‘g‘rilik va egrilik haqida.

Darsning borishi:

I Tashkiliy qism:

  1. a) navbatchi o‘quvchi hisoboti.

b)kunning muhim voqealari tafsiloti.

O‘qituvchi: Yurtimizda va jahonda yuz berayotgan  qanday muhim voqealar haqida eshitdingiz?

1-o‘quvchi: Shu oyda 9-fevral hamda 14-fevral sanalarida  ulug‘ bobokolonlarimiz Alisher Navoiy va Mirzo Bobur tavallud topgan  kunlar yurtimizning turli joylarida tantanali nishonlanmoqda. Jumladan bizning maktabimizda ham.

O‘qituvchi: Ha, o‘quvchilar hammamizga ma’lumki, shu yil Alisher Navoiy bobomizning, Mirzo Bobur bobomizning tavallud ayyomlarini nishonlamoqdamiz. Darsimiz ham ulug‘ bobolarimizdan  biri Alisher Navoiy hayot va ijod yo‘liga bag‘ishlangan. Demak, darsimiz adabiyot. Bugungi adabiyot darsimizda Alisher  Navoiy bobomizning ijod va hayot yo‘llarida bir nazar tashlab. “Navoiy ijodiga bir nazar”deb nomladim.

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy buyuk o‘zbek adibi. Alisher Navoiy haqida insho.

1-o‘quvchi:

Navoiyning onasi kim?
Bilmayman deb nolima!
Alisherbek onasidir
O‘sha bibi Salima.

2-o‘quvchi:

Buyuk Afg‘on yerida u
Tug‘ilgan yashab o‘tgan,
Alisherga turk tilini
Ilk bora u o‘rgatgan.

3-o‘quvchi:

Ko‘p jahongir ko‘rgan bu dunyo
Hammasiga guvoh -yer osti.
Lekin do‘stlar she’r ahli aro
Jahongiri kam bo‘lar rosti.
Besh asrkim , nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir she’r
Temur tig‘i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.

O‘qituvchi: Bugun biz buyuk bobkolanimiz Alisher Navoiyning hayot va ijod yo‘liga  doir bilimlarimizni sinovdan o‘tkazamiz.

Demak, sinf o‘quvchilarini 2 guruhga ajratib olamiz.

I guruh: “Navoiy”

II guruh: “Foniy” nomi ostida bellashadi.

Guruhlarning javoblari “Rag‘bat” va “Kichik rag‘bat” kartochkalari asosida baholanadi. Qaysi guruh ko‘p “Rag‘bat” to‘plasa shu guruh g‘olib sanaladi.

O‘qituvchi: Uy vazifasi qilib qanday topshiriq berilgan edi?

O‘quvchi: Bizga vazifa qilib har bir guruh Navoiyning hayot va ijod yo‘liga doir ma’lumotlar yig‘ish va ijodiy ishlar tayyorlash topshirilgan edi.

O‘qituvchi: Ijodiy ishlar bo‘yicha guruhdan bittadan o‘quvchi chiqib tayyorlab kelgan ijodiy ishlarini sharhlaydilar.Guruhlar navbatma-navbat tayyorlab kelgan ijodiy ishlarini sharhlaydi.

Tavsiya etamiz:  Alisher Navoiy haqida eng sara she’rlar to’plami

Yangi mavzu

rejasi:

  • “Bilimingizni sinab ko‘ring” savollarga javob berish.
  • Hikmatlarni davom ettiring.
  • Sahna ko‘rinishi.

1-reja bo‘yicha guruhlarga savollar berilib baholab boriladi.

Savol: Xamsachilik an’anasini boshlab bergan ulug‘ shoir kim edi?

O‘quvchi: Xamsachilik an’anasini ozarbayjon shoiri  Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan.

Savol: Xamsa yaratishda  qaysi shoirlarning  Xamsasi xalq  orasida  mashhurlikka erishdi.

O‘quvchi: Xamsa yaratishda Nizomiy Ganjaviydan keyin hind shoiri Xisrav Dehlaviy, fors-tojik shoiri Abdurahmon Jomiy hamda o‘zbek shoiri Alisher Navoiy yaratgan xamsalari mashhurlikka erishdi.

Savol: 1483-1485-yillarda Navoiy qaysi asarini yaratdi?

O‘quvchi:  1483-1485-yillarda Navoiy “Xamsa” asarini yaratgan.

Savol: “Xamsa” asariga kiritilgan dostonlarni tartib bilan sanab bering?

O‘quvchi: “Xamsa ” asari “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sabbai Sayyor”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlarni o‘z ichiga oladi.

Savol: “Hayrat-ul abror” hozirgi o‘zbek tilida  qanday ma’noni anglatadi va necha bob necha maqolatdan iborat?

O‘quvchi: “Hayrat-ul abror” hozirgi o‘zbek tilida  “Yaxshi kishilarning hayratlanishi” degan ma’noni anglatadi va u 63 bob 20 ta maqolatdan iborat.

Savol: Hayrat-ul abror” dostonining nechanchi maqolatida “Sher bilan Durroj” hikoyati bayon qilingan?

O‘quvchiHayrat-ul abror” dostonining 10-maqolatida   “Sher bilan Durroj” hikoyati bayon qilingan.

Savol: “Sher bilan Durroj” hikoyatida ilgari surilgan g‘oya?

O‘quvchi: Bu hikoyatda yolg‘onchilik yomon illat ekanligi, to‘g‘ri so‘zlik insonlarni komilikka yetaklashi kabi g‘oyalar ilg‘ari surilgan.

Savol: So‘zda Navoiy ne desang chin degil
Rost kuylagan ohanglarga tahsin ayt.
Ushbu bayt Navoiyning qaysi maqolatida berilgan?

O‘quvchi: Bu bayt Navoiyning 10-maqolatida berilgan.

Savol: Shoir forsiy tilda yaratgan asarlariga qanday taxallus qo‘llagan?

O‘quvchi:  Shoir forsiy tilda yaratgan asarlariga “Foniy” taxallusini qo‘llagan.

Savol: Alisherda badiiy ijodga qiziqish uyg‘otgan tog‘alarining ismlarini bilasizmi?

O‘quvchi: Alisherning shoir tog‘alarining ismlar Mir Said Qobuliy hamda Muhammad Ali Ga’ribiylardir.

Savol: Navoiyning turkiy tildagi dastlabki asarini bilasizmi?

O‘quvchi: Navoiyning turkiy tildagi dastlabki asari “Xamsa” asari edi.

Savol-javob  bo‘yicha guruhlarning ishtiroki va javoblari rag‘batlantiriladi.

Tavsiya etamiz: 9-Fevral Alisher Navoiyga bag’ishlangan tadbir ssenariysi

2-reja bo‘yicha davra o‘rtasida “Hikmat” daraxtidagi qog‘ozlarga yozilgan Navoiy hikmatlarining davomi o‘quvchilar tomonidan aytiladi.

Hikmat: Har kishi kim birovga qozg‘oy choh,

O‘quvchi: Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh.

Hikmat: Haq yo‘lida kim senga bir harf harf o‘qitmish ranj ila,

O‘quvchi: Aylamak bo‘lmas ado, oning haqqin yuz ganj ila.

Hikmat: Befoyda so‘zni ko‘p aytma,

O‘quvchi: Foydali so‘zni ko‘p etishturdan qaytma.

Hikmat: Odami ersang demagil odami,

O‘quvchi: Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.

Hikmat: Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,

Oquvchi: Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.

Hikmat: Olamdan g‘msiz o‘tay desang,

O‘quvchi: Ilmu hunar o‘rgan.

Hikmat: Aytar so‘zni ayt

O‘quvchi: Aytmas so‘zdan qayt.

Hikmat: Tilga ixtiyorsiz,

O‘quvchi: Elga e’tiborsiz.

Hikmat: Yaxshilikni bilmasang

O‘quvchi: Borib yaxshilarga qo‘shil.

2-reja bo‘yicha guruhlarning qay darajada Navoiy hikmatlarini davom ettira olishlari baholanib rag‘batlantiriladi.

3-reja bo‘yicha: Sahna ko‘rinishi. Bu ko‘rinishda guruhlar Navoiy haqida tayyorlab kelgan sahna ko‘rinishlarini ijro etib beradilar. Sahna ko‘rinishlari bo‘yicha ham guruhlar rag‘batlantiriladi.

  1. Mustahkamlash.

O‘qituvchi: Darslarimiz davomida Navoiy asarlariga kirish debochasini ko‘rib o‘tdik. Hozir guruhlarga tarqatma savollar bilan murojaat etaman.

“Navoiy” guruhiga tarqatma savol:

Shoir nega “Sher bilan Durroj” hikoyatini 10- maqolatga kiritgan?

Javob: O‘ninchi maqolat aynan to‘g‘rilik, rostgo‘ylik haqida. Unda shoir turli o‘xshatishlar bilan to‘g‘rilikni ta’riflaydi. Yolg‘onchilik, egrilik esa kishilar tabiatidagi yaramas va badbin illatligini, uning oqibatlarini ham qator qiyos –o‘xshatishlar bilan qoralab keladi. Jumladan unga ilova qilib berilgan “Sher bilan Durroj” da ham biri yolg‘onchi, biri to‘g‘ri so‘z, vafodor do‘st ekanligini ular tabiatidagi bu xususiyatlar ham hayotlarini nima bilan tugaganligini ko‘rsatdi.

Tavsiya etamiz: “Boburnomadan olgan taassurotlarim ” mavzusidagi insho

“Foniy ” guruhiga tarqatma savol:

Sher majoziy obrazida qanday insonlarga xos jihatlar mujassamlashgan? Durrojda-chi?

Javob: Biz bilamizki, hayvonlar, qushlar, insonlar kabi nutqga ega emas, lekin badiiy asarlarda insonlarning qiyofasini ko‘rsatish uchun ulardan foydalaniladi. Navoiy sher orqali to‘g‘ri so‘z, vafodor do‘st, maslakdosh inson qiyofasini ko‘rsatgan. Durrojda esa yolg‘onchi, loqayd insonlar qiyofasini ko‘rsatgan. Yomon illatlar esa hayotda nima oqibatlarga olib kelishini Durrojning taqdirida ko‘rishimiz mumkin. Durroj yolg‘onchiligi tufayli o‘z hayotiga zomin bo‘ldi.

Tarqatma savollar yuzasidan guruhlar rag‘batlantiriladi. Dars davomida faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi. Guruhlar to‘plagan kartochkalari orqali g‘olib guruh aniqlanadi.

O‘qituvchi: Darsimiz so‘ngida shuni aytib o‘tmoqchimanki,  hali Navoiyning ochilmagan qirralari juda ko‘p, darsimizni kirish qismida aytib o‘tganimizdek bu Navoiy ijodi va hayot yo‘liga bir nazar edi. Hali sizning orangizdan ham Navoiy safdoshlari, Navoiyning ochilmagan qirralarini ochuvchi ijodkorlar yetishib chiqadi. Darsimiz so‘ngida Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviya-yengilmas kuch” asarida aytgan shunday so‘zlarni yodga olaman: “Olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron bir inson yo‘qki, u Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa” degan fikrlarni aytib o‘tgan. Sizga ham kelajakda buyuk ishlarni amalga oshirishda Navoiy ruhi madadkor bo‘lsin.

Alisher Navoiy To‘g‘rilik egrilik.

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy G’azallari va ruboiylar to’plami

manba

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar