XIX asr oxiri XX asr boshidagi oสปzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri maสผrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniydir. U 1878 yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida, toสปquvchi Miravlon aka oilasida dunyoga keldi. Bolaligi Mirobod mahallasining egri-bugri koสปchalarida, koสปpchilik qismini ruslar tashkil qilgan temir yoสปl ishchilari bolalari orasida kechdi. Oสปqchidagi eski maktabda, soสปng madrasada oสปqidi (1885โ1886). Mustaqil mutolaa bilan shugสปullandi. Arab, fors, rus tillarini oสปrgandi. Orenburg, Qozon, Tiflisda chiqib turgan gazeta-jurnallarni kuzatib bordi. Qisqa muddat ichida u maสผrifatparvar sifatida tanildi va oสปlkadagi ijgimoiy-madaniy harakatchilikning faol namoyandalaridan biriga aylandi.
XX asr boshlarida Turkiston madaniy hayotida yuz bergan eng muhim oสปzgarishlardan biri maktab oสปquv ishlarida oสปzgarish boสปldi. Avloniy bu davrda jadidchilik harakatiga qoสปshilib, Toshkentdagi jadidlarning faol ishtirokchilaridan biri boสปlib tanildi. Avloniy 1904 yilda Mirobodda, soสปngroq Degrezliqda (1903โ14) xuddi shunday yangi usulda, yangicha maktab ochib, dars berdi va darsliklar yozdi.
1909 yilda maktab maorif ishlariga yordam beruvchi โJamiyati xayriyaโ ochib, yetim bolalarni oสปqitdi. โAdabiyot yoxud milliy sheสผrlarโ nomli toสปrt qismdan iborat sheสผriy toสปplamining birinchi juzสผini nashr qildirdi. Munavvarqori, Muhammadjon Podshoxoสปjayev, Tavallo, Rustambek Yusufbekov, Nizomiddin Xoสปjayev, Shokirjon Rahimiy kabi taraqqiychilar bilan sheriklikda โNashriyotโ (1914), โMaktabโ (1916) shirkatlarini tuzdi. โTaraqqiyโ, โShuhratโ (1907), โOsiyoโ (1908), โTuronโ (1917) gazetalarini chiqardi. 1918 yilda Turkiston Shurolar hukumatining birinchi gazetasi โIshtirokiyunโning tashkilotchilaridan va uning birinchi muharrirlaridan boสปldi. U sovet davrida turli masสผuliyatli lavozimlarda xizmat qildi, qaysi vazifada ishlamasin ilm-maสผrifat tarqatish, taสผlim-tarbiya masalalari bilan shugสปullanib keldi, bilimyurtlarida, oliy maktablarda oสปqituvchilik qildi. 1930โ34 yillarda Oสปrta Osiyo davlat universitetida (hozirgi ToshDU) kafedrani boshqardi. U 1934 yilda vafot etdi.
Abdulla Avloniy 1927 yilda Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor boสปldi.
Avloniy 30 yildan ortiqroq ijod qildi. 1916 yilgi mardikorlik voqealarining, soสปng inqilobiy talotumlaru milliy-ozodlik kurashlarining guvohi boสปldi. Oสปtgan davr ichida, oสปzi taสผkidlaganidek, โoสปnlab sheสผr va maktab kitoblari, toสปrt teatr kitobiโqoldirdi. Uning madaniyatimiz tarixidagi oสปrni haqida gap ketganda, ikki jihatini alohida taสผkidlash zarur: pedagogik faoliyati va adabiy badiiy ijodi. Uning pedagogik faoliyati, taสผlim-tarbiya haqidagi fikrlari XX asrning boshlarida yangi bosqichga koสปtarilgan maสผrifatchilikning xususiyatlarini belgilashda muhim manbalardandir.
Avloniy maktabi gumanistik va erkin tarbiya asosiga qurilgan, dunyoviy va ilgสปor ilm-fanni bolalarga oสปrgatishni oสปz oldiga asosiy vazifa qilib qoสปygan, yoshlarni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralasha olish qobiliyatiga ega boสปlishini taสผminlaydigan haqiqiy xalq maktabi boสปldi. Adib bu maktablar uchun darsliklar tuzdi. Uning avvalgi sinf shogirdlari uchun โBirinchi muallimโi (1911) Oktyabr oสปzgarishigacha 4 marta, โAlifbedan soสปnggi oสปquv kitobiโ โ โIkkinchi muallimโ (1912) 3 marta kayta nashr etilgan. Axloqiy didaktik mazmundagi โTurkiy Guliston yoxud axloqโ darsligi (1913) XX asr boshlari ijtimoiypedagogik fikr taraqqiyotida alohida oสปrin egalladi. Unda tarbiya va axloq masalalari birinchi marotaba XX asrning talab va ehtiyojlari nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Avloniy xulqlarni anสผanaviy yaxshi va yomonga ajratar ekan, mulohazalarini Gippokrat, Platon, Aristotel, Saสผdiy Sheroziy, Bedil fikrlari bilan dalillagan holda zamonaviylikni asosiy mezon qilib oladi. Adib Vatan muhabbatini uning uchun kurashmoqni eng yaxshi insoniy xulqlardan hisobladi. Vatan โ bu har bir kishining tugสปilib oสปsgan shahar va mamlakati. Uni qadrlamoq, sevmoq, yashartmoq kerak. Shoir Vatan va unga muhabbat deganda shuni tushungan edi. Tilga, madaniyatga muhabbat esa, har bir kishining oสปz xalqiga boสปlgan muhabbatidir: โHar bir millatning dunyoda borligสปini koสปrsatadurgon oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yoสปqotmak millatning ruhini yoสปqotmakdurโ.
Avloniy Hijron, Nabil, Indamas, Shuhrat, Tangriquli, Surayyo, Shapaloq, Chol, Ab, Chegaboy, Abdulhaq taxalluslari bilan sheสผr, hikoyalar va maqolalar yozgan. Shuni aytish kerakki, Avloniy ancha murakkab hayot va ijod yoสปlini bosib oสปtdi. U adabiyotga gสปoyaviy kurashlar gสปoyat keskinlashgan bir davrda kirib keldi. Hech ikkilanmasdan maสผrifat va taraqqiyot uchun kurashishini maslak etib qabul qildi. Shoir sheสผriyati bilan tanishar ekansiz, qiziq bir holga duch kelasiz. Unda birorta ishqiy sheสผr yoสปq. U ijtimoiy muammolarni, el-yurt gสปamini muhimroq biladi. Xalq va Vatan baxtsizligi oldida har qanday muhabbatni rad etadi. Oสปz onadiyorini bamisoli โyor kabi sevadiโ. Butun mehrini shunga bagสปishlaydi. Asrimiz boshlari Turkiston takdirida gสปoyat masสผuliyatli boสปlgan, uning hayot mamot masalasi hal qilinayotgan bir payt edi. Buni Avloniy davrning peshqadam ziyolisi, yirik maสผrifatparvar, jadidlar taสผlimotining faol tarafdori sifatida tezda ilgสปab oldi.
Dastlabki poetik asarlari โAdabiyot yoxud milliy sheสผrlarโ (I, II, III, GUjuzlar), โMaktab gulistoniโ (1916), โMardikorlar ashulasiโ (1917) kitoblarida va โSabzavorโ tazkirasi (1914) hamda vaqtli matbuot sahifalarida chop etilgan asarlaridir. Ularda ilm-maสผrifat targสปib qilingan, jaholat va nodonlik, eski tuzumning ijtimoiy-axloqiy asoslari qoralangan, ozod va baxtiyor zamon haqida fikr yuritilgan. Shu jihatdan Avloniyning bu davrdagi sheสผrlari Hamza, Anbar otin poeziyasiga ohangdoshdir. Avloniy barmoq vaznini adabiyotda keng qoสปllagan. Milliy kuylarga moslab sheสผrlar yozgan va poeziyaning imkoniyatlarini boyitgan.
Avloniyning adabiyot oldidagi muhim xizmatlaridan biri shu boสปldiki, u mardikorlik sheสผriyati deb atalgan yangi adabiy hodisaning yaratuvchilaridan boสปldi. 1916 yilgi mardikorlik voqealarini ifodalovchi โBir mardikorning otasi oสปgสปliga aytgan soสปzlariโ, โOnasining oสปgสปliga aytgan soสปzlariโ, โAfsusโ kabi sheสผrlar yozdi. Ona yurtdan uzoq shimolning qorli-muzli yerlariga, front orqasidagi qora xizmatga olib ketilgan mardikorlarning xayrlashuv manzaralarini, haqsizlikni yoritdi. Bu sheสผrlarning ohang va uslubi xalq qoสปshiqlariga gสปoyat yaqin boสปlib, ular xalqimizning milliy uygสปonishida muhim oสปrin tutdi.
Avloniy 1917 yil fevral inqilobini xursandchilik bilan kutib oldi (โQutuldikโ, โYotmaโ sheสผrlari). Oktyabrga bagสปishlab โHurriyat marshiโ (1919), โIshchilar qulogสปigaโ kabi sheสผrlar yozdi, yangi sotsialistik tuzumni ulugสปladi. Lekin koสปp oสปtmay, rus sovet tuzumi eski chor tuzumining oldingidan battarroq shakli ekanligini, sovet siyosati riyokorlik asosiga qurilganligini anglay boshladi. Jumladan, tantanavor vaสผda qilingan erkinlikning berilmaganligi shoir ijodida gสปamgin tushkun ohanglarning paydo boสปlishiga olib keldi (โHaftalik soatdaโ 1919). Shularga qaramasdan Avloniy turli mavzularda sheสผrlar yozdi. 1919โ20 yilgi Afgสปoniston safariga doir โAfgสปon sayohatiโ kundaliklari esa mamlakatimizning yon qoสปshnimiz bilan oสปzaro doสปstlik, totuvlik aloqalarining oสปrnatilishi tarixini oสปrganishda muhim ahamiyatga ega.
Avloniy oสปzbek teatrining asoschilaridan edi. U 1913 yilda โTurkistonโ teatr truppasini tuzdi. โTurkistonโ oสปzining qatiy nizomini ham eสผlon qilgan edi. Uning tashkilotchisi ham, gสปoyaviy-badiiy rahbari ham Avloniy edi. Truppa โZaharli hayotโ (Hamza), โBaxtsiz kuyov (A. Qodiriy) kabi XX asr boshlari oสปzbek dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini sahnalashtirgan, teatr ozarbayjon dramaturglari asarlari (โBadbaxt kelinโ, โXoสปr-xoสปrโ, โJaholatโ, โUliklarโ, โJoy ijaraga olgan kishiโ, โMan oสปlmishamโ, โLayli va Majnunโ, โAsli va Qaramโ) ni oสปzbekchaga tarjima qilib sahnaga qoสปygan. Avloniyning oสปzi Mallu (โLayli va Majnunโ), Fayziboy (โBaxtsiz kuyovโ), Aliboy (โToสปyโ), Boy (โPadarkushโ) rollarini ijro etgan.
Abdulla Avloniy โAdvokatlik osonmi?โ (1914), โPinakโ (1915) komediyalari, 1914โ17 yillarda yozgan โBiz va Sizโ, โPortugaliya inkilobiโ, โIkki sevgiโ kabi fojeaviy asarlari bilan oสปzbek dramaturgiyasining maydonga kelishi va teatrchilikning xalq orasigatomir otishiga muhim hissa qoสปshdi. Advokat Davronbek orqali Turkistondagi huquqsizlik, dunyodan xabarsizlikni fosh etdi. โAdvokatlik osonmi?โ degan asarida bir qator koสปknori va qimorbozlar obrazini yaratib, maสผnaviy turmushning tuban bir holga kelib qolganlini koสปrsatdi. Monarxiyaga qarshi kurash, bayrogสปi ostida kechgan 1910 yilgi Portugaliya inqilobi, 1909 yili Turkiyada yuz bergan โYosh turklarโ inqilobi (โIkki sevgiโ) haqida yozib, adabiyotimizda mavzu va gสปoyalar koสปlamini kengaytirdi. โBiz va Sizโda esa XX asr boshidagi Turkistonning eskilik va yangilik borasidagi kurashini aniq taqdirlar misolida yoritib berdi.
Abdulla Avloniy asosiy ijodiy faoliyatining eng sermahsul yillari 1917 yildagi Oktyabr toสปntarishiga kadar boสปlgan davrga toสปgสปri keladi.
Abdulla Avloniy ijodi 60-yillarning oxiridan oสปrganila boshlandi. Hozirda uning turli janrlardagi asarlaridan namunalar alohida kitoblar holida chop etilgan.