Test topshiriqlari soni va baholash mezoni tasdiqlandi.
2024-2025-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni va baholash mezoni tasdiqlandi.
✅ Test topshiriqlari soni va baholash mezoni:
Majburiy 3 ta fan (ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi) bo‘yicha:
🔹 har bir fandan 10 tadan jami 30 ta test topshirig‘i;
🔹 har bir to‘g‘ri javob uchun — 1,1 balldan;
🔹 maksimal ball — 33 ball.
1️⃣-mutaxassislik fani bo‘yicha:
🔸 test topshiriqlari soni — 30 ta;
🔸 har bir to‘g‘ri javob uchun — 3,1 balldan;
🔸 maksimal ball — 93 ball.
2️⃣-mutaxassislik fani bo‘yicha:
🔹 test topshiriqlari soni — 30 ta;
🔹 har bir to‘g‘ri javob uchun — 2,1 balldan;
🔹 maksimal ball — 63 ball.
Umumiy 5 ta fan bo‘yicha test topshiriqlari soni — 90 ta. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.
Tavsiya etamiz: Аbiturientlar 2024-2025 yilda imtihon topshiradigan fanlar majmuasi