Chet tili imtihonlari 2023.
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari 2023-yilning oktabr, noyabr va dekabr oylarida tashkil etiladi. Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. Oktabr oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida har bir bo‘lim uchun alohida vaqt belgilanadi va test materiallari alohida tarqatiladi.
Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Oktabr
Oktabr ro’yxatga olish : 7-oktabrga qadar
To’lov qilish : 8-oktabrga qadar
Test sinovi (yozma qismi) : 21-22-oktabr
Tillar : Ingliz, Nemis,Arab,Uyg’ur
Noyabr
Noyabr ro’yxatga olish : 11-noyabrga qadar
To’lov qilish :12-noyabrga qadar
Test sinovi (yozma qismi) : 25-26-noyabr
Tillar : Ingliz, Fransuz, Ispan, Xitoy, Koreys, Pushtu
Dekabr
Dekabr ro’yxatga olish : 1-dekabrga qadar
To’lov qilish :2-dekabrga qadar
Test sinovi (yozma qismi) : 16-17-noyabr
Tillar : Ingliz, Nemis, Arab, Turk, Italyan, Fors
Oktabr oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida har bir bo‘lim uchun alohida vaqt belgilanadi va test materiallari alohida tarqatiladi.
Diqqat! Hukumat topshirig’i va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o’tkaziladigan sanalarga o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Bilimni baholash agentligi.