Magistratura natijalari 2023-2024 o’quv yili uchun.
Magistratura natijalari.
Ro‘yxatdan o‘tgan 20 ming 54 nafar talabgordan 9 ming 74 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida bo‘lmaganligi sababli rad etilgan.
Talab darajasida bo‘lgan 10 ming 980 nafar talabgor arizasi tanlovda ishtirok etgan.
Tanlov natijalariga ko‘ra, 6 ming 393 nafar talabgor o‘qishga tavsiya etildi.
Shundan:
davlat granti — 3 ming 238 nafar;
to‘lov-kontrakt — 3 ming 155 nafar.
To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan talabgorlarning 2 ming 160 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.
Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Ma’lumot uchun: Prezident qaroriga asosan, oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.