Yakuniy imtihondan oʼtolmagan oʼquvchi.
Maktab bitiruvchilari uchun umumiy oʼrta taʼlim dasturlarini toʼliq oʼzlashtirgandan keyin yakuniy attestatsiyadan oʼtish majburiydir. Maktab bitiruvchilarining bilimi, malaka va koʼnikmalariga qoʼyilgan talablarning bajarilishi boʼyicha yakuniy attestatsiya yozma, ogʼzaki yoki test usulida har bir fanning amaldagi oʼquv dasturi asosida oʼquv yilining yakuni boʼyicha oʼtkaziladi.
Taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlari talablari darajasida oʼzlashtirgan va oʼquv fanlaridan yil yakuni boʼyicha ijobiy baholangan, yoki bitta oʼquv fanidan qoniqarsiz baholangan bitiruvchilar maktab pedagogik kengashi qaroriga asosan yakuniy attestatsiyaga qoʼyiladilar.
Xalq taʼlimi vazirining 2008 yil 4 martdagi 56-sonli buyrugʼi bilan tasdiqlangan «Umumiy oʼrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʼgʼrisida»gi nizomnga koʼra, bir yoki ikki fandan oʼtkazilgan yakuniy attestatsiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestatsiyadan keyin ikki hafta oʼtgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta yakuniy attestatsiyadan oʼtish huquqi beriladi.
Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga koʼra, umumiy oʼrta taʼlim davlat taʼlim standartlari talablarini bajarmay, «qoniqarsiz» baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta oʼqishga qoldirilishi mumkin.
Tavsiya etamiz: 2023-2024 oʼquv yili 9-11-sinf barcha fanlardan imtihon savollari.