Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun “Kelajak soati” darslarining Bizning xulqimiz,Xulq tushunchasi matn.

Xulq tushunchasi.
Kirish
Insonning hayotdagi qadr-qimmati, jamiyatdagi o‘rni ko‘p jihatdan uning xulqiga bog‘liqdir. Xulq – bu insonning kundalik hayotda o‘zini qanday tutishi, boshqalarga bo‘lgan munosabati va odatlarida namoyon bo‘ladigan xatti-harakatlar yig‘indisidir. Odamning kimligini, tarbiyasini va ma’naviyatini uning xulqidan bilish mumkin.
1. Yaxshi xulqlar
Yaxshi xulq – insonning eng katta boyligidir. Mehribonlik, halollik, rostgo‘ylik, odoblilik, mehnatsevarlik, sabr-toqat, kattalarga hurmat va kichiklarga izzat kabi fazilatlar yaxshi xulq hisoblanadi. Bunday odamlar jamiyatda hurmat topadi, hamma ularga havas bilan qaraydi.
Tavsiya etamiz: Odob insonga ziynat mavzusida insho
2. Yomon xulqlar
Yomon xulq – insonni pastga tushiradigan, obro‘sini yo‘qotadigan illatdir. Qo‘pollik, yolg‘on gapirish, hasadgo‘ylik, dangasalik, odobsizlik, adovat kabi yomon sifatlar kishini jamiyatda yomon nom qozontiradi. Yomon xulqli odam bilan hech kim do‘st bo‘lishni istamaydi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, yaxshi yoki yomon xulqning tanlovi insonning o‘z qo‘lida. Biz yaxshi xulqlarga intilib, yomon odatlardan uzoq bo‘lishimiz kerak. Zero, “Odob – inson ziynati”, “Yaxshi xulq – baxt kaliti” degan hikmatlar bejiz aytilmagan.
Tavsiya etamiz: Odob va odobsizlik haqida maqollar to’plami. Xalq maqollari


















