Bosh sahifa » O'qituvchilarga » Xodimlarga ish haqi kechiktirilgan kun uchun qo’shimcha yana to’lab beriladi.

Xodimlarga ish haqi kechiktirilgan kun uchun qo’shimcha yana to’lab beriladi.

by nafisa nafisa

Xodimlarga ish haqi kechiktirilgan kun uchun qo'shimcha yana to'lab beriladi.

30-apreldan Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksning 333-moddasida ish beruvchi ish haqi to‘lash kechiktirilgani uchun xodim oldida moddiy javobgar bo‘lishi belgilandi.

Unga ko‘ra, ish beruvchi ish haqini, taʼtil to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lov muddatidan keyingi kundan eʼtiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun Markaziy bankining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga to‘lashi shart bo‘ladi.

Mazkur pulli kompensatsiyani to‘lash majburiyati ish beruvchining oylik ish haqini yoki xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lashning kechiktirilishida aybi bor-yo‘qligidan qatʼi nazar yuzaga keladi.

Shuningdek, ushbu kodeksning 253-moddasiga ko‘ra, xodimlarga ish haqi to‘lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas.

Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, 16 kundan ko‘p bo‘lmagan tanaffus bilan ikki qismga bo‘lingan holda (bo‘nakda va qolgan qismi miqdorida) to‘lanadi.

Maʼlumot uchun, yangi tahrirdagi ushbu kodeks 2023-yilning 30-aprelidan boshlab kuchga kiradi.

Maktab o’qituvchilari oylik maoshi haqida

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar