Bosh sahifa » O'qituvchilarga » Ustama olish uchun o’qituvchilar olishi kerak bo’lgan ballar.

Ustama olish uchun o’qituvchilar olishi kerak bo’lgan ballar.

by administrator

Ustama olish uchun o'qituvchilar olishi kerak bo'lgan ballar.

O’qituvchilar ustamasi.

Ustama olish uchun o’qituvchilar olishi kerak bo’lgan ballar. Ma’lunm bo‘lishicha, endilikda yangi Rash modeli bo‘yicha fan o‘qituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, Boshlang‘ich ta’lim (matematika va ona tili va adabiyot) yo‘nalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama berish bo‘yicha hujjat loyihasi ishlab chiqildi.
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qarori bilan endilikda umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C, darajali sertifikatlar berilishi belgilangandi.
Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari hamda xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimidagi sertifikatlarga ustama berish tartibiga bagʻishlangan jonli muloqotda ma’lum qilindi.
Vazirlik mas’ul xodimining aytishicha, ayni vaqtda qonun hujjatlariga o‘zgarish kiritish haqidagi loyiha ishlab chiqilib, Adliya vazirligiga kiritilgan va tasdiqlanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rash modeliga ko‘ra milliy sertifikatr uchun quyidagi darajadagi sertifikatlar beriladi:
  • 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ daraja;
  • 65 — 69,9 ball olgan talabgorga A daraja;
  • 60 — 64,9 ball olgan talabgorga B+ daraja;
  • 55 — 59,9 ball olgan talabgorga B daraja;
  • 50 — 54,9 ball olgan talabgorga C+ daraja;
  • 46 — 49,9 ball olgan talabgorga C daraja.

Tavsiya etamiz : O’qituvchilar yangiliklari

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar