Sahifamiz orqali to’yda aytiladigan chiroyli tilaklari va tabrik she’rlarni topishingiz mumkin.
To’yda aytiladigan tilaklar.
Nikox to’yingiz bilan chin dildan tabriklayman! Yaratganni o’zi
Uyingizga NUR,
Dardingizga XUZUR
Oilangizga BAXT
Umringizga VAQT
Ishingizga OMAD
Qo’lingizga DAROMAD
Yaqinlaringizga QUVONCH
Sizu bizga ISHONCH ato etsin!
Sizga tilak!
Olmosdan BАXT,
Tillodan TАXT,
Chinordek UMR,
Yoshlikdek DАVR,
Yoʼqolmas sogʼlik,
Orzuyingizdagi boylik,
Oilangizga totuvlik,
qaytarilmas sevgi,
Tuganmas kulgi,
Takrorlanuvchi omad,
Musaffo xayot ishlarga rivoj,
Muhabbat toʼla yurak
barchasi mendan Sizga tilak!!!
To’y tabriklari
Sevganimning to’yiga!
Oʼylarimning oʼyiga.
Mexmon boʼlib boraman
Sevganimning toʼyiga!
Shum taqdirning koʼyiga.
Mexmon boʼlib boraman
Endi soyning boʼyiga,
Mexmon boʼlib boraman,
Nikoh muborak.
Yaro koʼnglim kuyini,
Xamma ayib taqdirda
Bu – taqdirning oʼyini!!!
Bir oqshomki zavqi özgacha,
Uning latif shavqi özgacha,
Baxt kechasi deydilar buni,
Ahd kechasi deydilar buni!
Bu oqshomda jöshar tuyg’ular,
Qalbga quvonch qo’shar tuyg’ular,
Ikki yurak ikki ajib yosh,
Bag’ri bo’lib go’yo bir quyosh,
Obod etib sevgi bog’ini,
Yoqar ular baxt chirog’ini!
Bo’lsin muborak.
Muborak ayyomning tiniq tongiday
Musaffo ranglarga to’lganda borliq
Xushboy tabiatning yetti rangiday
Osmon gardishida qolganda yorliq
Eng porloq tuyg’ular tilayman sizga
Eng shirin orzular tilayman sizga
Nikoh to’yingiz bo’lsin muborak.
Baxtli bo’ling.
Sizdan ko’rkam yigit yo’q bu kun.
Doim mag’rur, g’ururi butun.
Qo’shilib barcha ezgu tilakka.
Nikox to’yingiz bilan aka.
Nurlarga ko’milgan bu maskan bu kun,
Sizlarga baxt tilar pok niyat ila.
Oppoq libosdagi ko’ngli oq kelin,
Baxtli bo’ling bu kun yoringiz birla.
Men sizga tilayman muhabbat va baxt
Alloh øzi nurdan ato etsin taxt
Hamrohingiz bölsin kulgu tabasum
Yorqin hayotingizga wudir dil sözim
Karnay surnaylarni sadosi bilan,
Shu uyning muhabbat vafosi bilan,
Qadam qóyding, izing gullarga tólsin.
Kelinchak oq libos, muborak bólsin
Munis qaynonangni qilgancha mushtoq,
Garchi soğintirding, soğindik biroq,
Bugun ayri bóldi, ayriliq firoq,
Fazli kamoling bir darak bólsin.
Kelinchak kiyov senga muborak bólsin.
Quvonchdan baxt tomon shoshadi yurak
To’yu tomoshalar tinchlikdan darak
Do’stu yor birlashib bo’lsa bir bilak
Har mehmon azizsiz o’rningiz bo’lak
Dunyoda eng shirin shirinlik nima
Bitta shirin so’zu bir shirin tilak
To’yda aytiladigan tilaklar.
Qaynonadan yoshlarga tilaklar
Farzandlarim, o’g’lim va qizim! Ushbu hayot to’siklida bir-biringizni topganingizdan juda xursandman. Qanchalik omadli ekanligingizni hech qachon unutmang, chunki hamma ham o’z turmush o’rtog’ini topa olmaydi! Bir-biringizni mahkam ushlang, bir-biringizga yordam bering, umumiy maqsadlar qo’ying va ularga oson va ortiqcha harakatlarsiz erishing. Sizga omad va, albatta, sevgi hamroh bo’lsin. Hayotingiz yoqimli kutilmagan hodisalarga boy bo’lsin, farzandlaringiz doimo siz bilan faxrlansin.
Ishonchim komilki, bunday nikoh jannatda qilingan!
Ota-onalardan kelin va kuyovga tilaklar.
Bizning sevimli bolalarimiz! Bugun hayotingizdagi eng muhim kunlardan biri. Bugun sizning oilangizning tug’ilgan kuni. Siz hozir juda boysiz. Sizning boyligingiz esa mehribon qalbingizdadir. O’z xazinangizni ko’p yillar davomida saqlang, hislaringizni yo’qotmang. Va bunda sizga o’zaro hurmat, muloyimlik va sabr-toqat yordam beradi. Baxtli va sevimli bo’ling.
Do’stlardan tilak.
Kuyov, do’stim! Siz kelin sifatida ajoyib malika oldingiz, shuning uchun unga ko’z qorachig’idan ko’ra ko’proq g’amxo’rlik qiling! U bilan ko’p yillar davomida sevgi va o’zaro g’amxo’rlikda yashashingizni tilayman. U bilan ko’proq farzandli bo’lishingizni tilayman va shuni ham aytmoqchimanki, sizlar Xudoga munosib ajoyib juftliksizlar, bu To’yni barakali qilsin!