Qiziqarli metodlar
Bosh sahifa » O'qituvchilarga » Qiziqarli metodlar

Qiziqarli metodlar

Sahifamiz orqali o’qituvchilar uchun kerak bo’ladigan qiziqarli metodlar, interfaol metodlar, ochiq dars uchun zamonaviy metodlar jamlanmasi o’rin olgan.

Qiziqarli metodlar.

Bolalarga muhim ko’nikmalarni o’rgatish uchun sinfdagi  o’yinlardan foydalansangiz, ularda o’rganishga bo’lgan muhabbat va fanizga bo’lgan muhabbatni kuchaytirasiz. Ushbu metodik interfaol o’yinlar bolalaringizni jalb qilish va ularning fanga qiziqishini uyg’otish uchun ideal usuldir.

Agar siz o’qituvchi bo’lsangiz, ehtimol siz darsni erta tugatish va oxirgi besh-o’n daqiqa davomida o’quvchilaringizni mashg’ulotlarga jalb qilish kerakligidan umidsizlikka tushgandirsiz. 5 daqiqalik o’yinlar so’nggi daqiqalarni to’ldirishi mumkin!

O’yinlar o’qituvchilarga yaxshiroq darslar yaratishda yordam beradi, shuningdek, ularga o’z talabalari bilan bog’lanish imkonini beradi.

Rasmlar so’zlaydi metodi.

Multimedia orqali ham o’quvchilarni darsga jalb qilish va darsni samarali o’tish mumkin. Masalan, dars avvalida o’quvchilar e’tiborini tortish maqsadida mnemonika mashg’ulotlaridan foydalanish yaxshi tanlov hisoblanadi.

Tabiiyki, darsga kirgan o’quvchi xayoli hali ham tanaffusda sodir bo’lgan qiziq voqea yoki sinfdoshi bilan kechgan suhbatda “qolib ketgan” bo’ladi. Turfa ko’chalarda kezayotgan xayollarni bir joyga jamlash va darsga e’tiborni qaratish maqsadida ekran orqali o’quvchilarga 4-6 ta rasm ko’rsatiladi.

Bu rasmlar bugungi o’tiladigan mavzuga aloqador bo’lishi lozim.

O’qituvchi o’quvchilardan ushbu rasmlarning mavzuga qanday aloqasi borligini topishlarini hamda fikr bildirishlarini so’raydi.

Qarabsizki, har bir o’quvchi diqqat bilan rasmlarga qaray boshlaydi. Sinchkovlik bilan ular o’rtasidagi bog’likni aniqlashga harakat qiladi. Rasmlardagi mavzuga aloqadorlikni topishga intiladi.

Bu esa darsda o’ziga xos qiziqarli atmosfera hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Eng muhimi esa, o’quvchilar xayoli endi sinfxonadagi ekranga qadalgan. Bemalol darsni boshlash mumkin.

Televizor yoki kompyuter orqali bu metodni qo’llash imkoni bo’lmasa, qog’ozga chiqarilgan rasmlarni doskaga ilib qo’yib ham ushbu usuldan foydalanish mumkin.

Eng asosiysi, rasmlar barcha o’quvchiga birdek ko’rinadigan joyda bo’lishi lozim. Agar qaysidir o’quvchiga yaxshi ko’rinmasa, bu unda noqulaylik tug’diradi. Shuningdek, u o’quvchi boshqalarga halal berib, sinfda tartibsizlik kuzatilishi mumkin.

Interaktiv darslarni xush ko’ruvchi pedagoglar pinterest sayti orqali eng sifatli va qiziqarli rasmlarni topishlari mumkin.

O‘tilgan bo‘limni takrorlash yoki yangi bo‘limni boshlash jarayonida “Soat millari” metodi juda katta samara beradi.

O‘quvchilarni ikkita jamoaga
“Soat tayoqchasi” va
“Minut tayoqchasi”ga ajratamiz.

Ularga oldindan tayyorlab qo‘yilgan mavzuga oid kichik-kichik, bir-birini takrorlamaydigan ma’lumotlardan iborat tarqatma qog‘ozlarni beramiz va ularni xuddi soat shaklida aylana qilib tizib olamiz, ya’ni daqiqa jamoasi ichki aylanadan, soat jamoasi tashqi aylanadan joy olishadi.

O‘qituvchining har bir ogohantirishidan keyin bir-biriga ro‘parama-ro‘para turgan o‘quvchilar o‘z ma’lumotlarini
sheriklariga tushuntirib beradi va bu jarayon dastlabki o‘quvchiga qayta uchragunga qadar davom etadi, soat tayoqchalari o‘z joyida turadi, minut tayoqchalari esa soat strelkasi kabi
aylanishadi.

“Matematik atamalar” o‘yini

Bu o‘yinda ham bir necha kishi ishtirok etishi mumkin. Qatnashchilar bir qator bo‘lib turishadi va navbat bilan har bir qatnashchi matematika faniga oid atamalarni aytishadi. Bunda bir qatnashchi aytgan atamani boshqa qatnashchi aytib qo‘ysa, u o‘yinni tark etadi. Agar qatnashchi atama bilmay 5 soniya to‘xtab qolsa ham u o‘yinni tark etadi. O‘yin bitta g‘olib qolguncha davom etadi.

Masalan: Son, kesma, natural son, modul, uzunlik, qo‘shish, ayirish, bo‘lish, ko‘paytirish, parabola, to‘g‘ri chiziq, uchburchak, to‘rtburchak, …

 

Ko‘priklar metodi.

  • Doskaga shunday ko‘rinishli shakl chizing, xuddi shu kabi shakllarga bo‘lib chiqing.
  • Ishtirokchilarni guruhlarga bo‘lib yoki yakka tartibda o‘ynatsangiz bo‘ladi.
  • O‘quvchilar bir bo‘limchadan boshqa bir bo‘limchaga rasmda ko‘rsatilgandek qilib ko‘prik qurishlari kerak.
  • Har bir qatnashchi alohida rangdan foydalanishi lozim.
  • Ko‘prik chizish davomida har bir ko‘prik uchun mavzuga oid 1tadan ma’lumot/qoida aytilishi kerak.
  • Ma’lumot ayta olmay qolgan yoki ko‘prik chizish imkoni qolmagan ishtirokchi yutqazadi.
  • To‘g‘ri va to‘liq ma’lumot aytgan, ko‘prik chiza olgan o‘quvchi g‘olib hisoblanadi!

Ranglar metodi.

O‘quvchilarga qizil va yashil ranglari orqali buyruq beriladi. Qizil~to‘xtash, yashil esa yurish ma’nosini anglatadi.

Shartni noto‘g‘ri bajargan ishtirokchi o‘yindan chiqadi.

3~4 marta takrorlangach, endi buyruqni biroz o‘zgartiramiz.

Qizil~yurish, yashil~to‘xtash belgisini bildiradi. Bu jarayon o‘quvchilarda yana ham ziyarklikni oshirishga yordam beradi.

Keyin esa ism buyrug‘i qo‘shiladi. O‘qituvchi ism deb buyruq berganda har bir o‘quvchi 1 marta baland ovozda o‘z ismini aytishi kerak.

Qizil ~yurish
Yashil~ to‘xtash
Ism~o‘z ismini aytish

Bu jarayonni ham 2~3 marta takrorlagach, qarsak buyrug‘i qo‘shiladi.

Endi o‘quvchilar
qizil deganda yurishlari,
yashil deyilganda to‘xtashlari,
ism deyilganda sinfdoshining ismini aytishi va
qarsak buyrug‘i berilganda 1 marta qarsak chalishi kerak.

“Kim o’zar” o’yini.

Bu o’yinni barcha darslarda qo’llash mumkin.
Masalan: o’qish darsida fasllarga doir mavzularni o’tayotganda, har bir faslning o’ziga xos belgilariga doir kim ko’p so’z topishi musoboqasi o’tkazilishi mumkin.
Masalan:

1-qator: qishki o’yinlar
2-qator: qishki kiyimlar
3-qator: qishda qishlaydigan qushlar, hayvonlar.

O’quvchilar topshiriqqa mos so’zlarni tanlab yozadilar.
Ona tilidan so’z turkumlarini o’tishda ham foydalansa bo’ladi.
Masalan: “Ot” so’z turkumini o’tishda:
1-qator: o’simliklarning
2-qator: hashoratlarning
3-qator: hayvonlarning nomlarini yozadi.

G’oliblar rag’batlantiriladi.

O’yin davomida esa o’quvchilar zarur bilimlarni o’zlashtirib oladilar, ularda faollik, savodxonlik oshib boradi.

“Quvnoq boshqotirma” o’yini

O’yinni o’tkazishdan maqsad: O’quvchilarning mantiqiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, og’zaki va yozma nutqini rivojlantirish.

O’yinni o’tkazish jarayoni: Mazkur o’yinda 2 guruhdan bittadan o’quvchi yozuv taxtasi oldiga chiqishadi. Ularga narsa va hayvonlarning nomlari aytiladi. O’quvchilar aytilgan  so’zning bosh harflarini yonma-yon yozib boradilar. Natijada xalq maqollaridan biri hosil bo’ladi.
Masalan: o’rik, qurbaqa, ilon, gul, ayiq, narvon, o’rgimchak, zebra, arra, ruchka. “O’qigan-o’zar”.
O’qish darsi uchun: 1-sinf “O’qish” darsligida “Amir Temur” mavzusi yuzasidan quyidagicha:
Kaptar, uch, chayon, ayiq, devor, olmos, laylak, aql, taroq, do’st, aka. “Kuch-adolatda”.
Matematika darsi uchun: 1-sinf “Matematika” darsligida “Qavslar” mavzusi bo’yicha quyidagicha:
Qanot, asal, varrak, son, limon, ari, ruchka. (Javob: “Qavslar”)
Qaysi o’quvchi topshiriqni birinchi bo’lib xatosiz va to’g’ri bajarsa, uning guruhi g’olib bo’ladi.

Savollar lotoriyasi metodi.

✓ Doskaga mavzuga doir 10-15 ta qoida yoziladi. Har bir qoida raqamlangan bo‘ladi.

✓ O‘quvchilar konspekt qilib olishadi. Qoidalar o‘quvchilar miyasida saqlanib qolishni boshlaydi.
Ular raqamlari bilan eslab qolishlari kerak.

✓ Keyin esa 1 o‘quvchi sinfdan tashqariga chiqadi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan kelishgan holda qaysidir qoida raqamini doskaga yozib, ustidan qog‘oz yopishtirib, bekitib qo‘yadi.

✓ Tashqaridagi o‘quvchi kiradi va qaysi qoida yashirilganini topishi kerak. U shunchaki taxmin qilib aytadi. 3tagacha imkoniyat beriladi. Natijada xotirasini ishga soladi. To‘g‘ri topsa ham, topolmasa ham 3ta qoidani yoddan aytgani foyda bo‘ladi.

Takrorlash orqali yanada yaxshiroq eslab qoladi.

Afzalliklari:

O‘quvchi xotirasini charxlaydi.
Mavzuni oson o‘zlashtirishga yordam beradi.
O‘quvchilarning darsga qiziqishlarini orttiradi.

Mavzular aylanganda metodi.

Bu metod ham o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi.

  • Har bir o‘quvchiga ma’lum mavzular doirasida atamalardan 1tasini varaqqa yozishlarini ayting.
  • Doska yoniga 1ta stul chiqariladi.
  • Istalgan 1 o‘quvchi stulga o‘tiradi. 5ta o‘quvchi esa qo‘llariga atama yozilgan varaqni olib o‘tirgan o‘quvchi atrofida aylana bo‘lib turishadi.
  • O‘tirgan o‘quvchining ko‘zi yumiladi.
  • Musiqa ostida o‘quvchilar stulda o‘tirgan o‘quvchi atrofida aylana boshlaydilar.
  • Musiqa tugagach, o‘tirgan o‘quvchi ro‘parasida kim turib qolsa, o‘quvchi o‘sha tengdoshining qo‘lidagi varaqda yozilgan atamani izohlab, namuna keltirishi kerak.
  • Agar to‘g‘ri javob bersa, turgan o‘quvchi bilan o‘rin almashadi. Javob berolmasa, joyida qoladi. Ro‘parada turgan o‘quvchi esa yana 1 stul olib, orqama-orqa o‘tiradi.
  • O‘yin shu tarzda davom etadi.
  • 3 martagacha ham to‘g‘ri javob berolmagan ishtirokchi jazolanadi.

“Boshlovchi o‘yini” metodi.

Bu o’yin o‘tilgan mavzuni takrorlash uchun qo‘l keladi.

  • O‘quvchilar uyda mavzu bo‘yicha 5 tadan savol tuzib kelishlari kerak bo‘ladi.
  • Kichkina 6ta qog‘ozchalardan bittasiga “boshlovchi” qolgan beshtasiga “ishtirokchi” deb yozib qo‘yasiz.
  • 6 ta o‘quvchi doskaga chiqadi va qog‘ozchalardan birini tanlaydi.
  • Kimga “Boshlovchi” vazifasi to‘g‘ri kelsa, xuddi boshlovchilardek “ishtirokchilar”ga o‘z savollarini beradi.
  • To‘g‘ri javob bergan o‘quvchilar ball orqali baholanadi.
  • Har bir o‘quvchi darsda faol ishtirok etishi uchun ajoyib uslub. Bolalar savol tuzib kelish bilan birgalikda mavzuni ham puxta o‘rganishadi.

Agarda siz sinf rahbari bo‘lsangiz, siz uchun ajoyib metodimiz bor. “Sehrli quti” deb yozilgan kichik quti orqali o‘quvchilar bilan muloqotni yo‘lga qo‘ying. Natijada, o‘quvchilar uchun siz sevimli ustozga aylanasiz.

Metodimiz quyidagicha: haftada ikki marta o‘quvchilarga uyida javob yozib kelishlari uchun qiziqarli savollar bering. Savollar taxminan shunday bo‘lishi mumkin:
-Eng katta orzuyingiz nima?
-Eng yaqin do‘stingizga qanday maslahat berasiz?
-Sinf rahbariga ayta olmaydigan gaplaringiz?
-Kelajakda qaysi kasb egasi bo‘lmoqchisiz. Va hokazo.

Savollar aynan shunday bo‘lishi shart emas. Savollarni tuzish sizning kreativligingizga bog‘liq. O‘quvchilar yozib kelgan javoblarini qutiga solishadi, bu esa sinf rahbari bilan muloqotning ajoyib usuli.

Bu orqali sizga bo‘lgan munosabat yaxshilanadi. Shuningdek, mantiqiy fikrlash va fikrlarni bayon etish qobiliyati oshadi.

”O‘zga sayyoralik” metodi

Doskaga 10ta o‘quvchi chiqadi, ularning har biriga mavzuga doir informatsiya yozilgan kartochkalar tarqatasiz.

Bitta ma’lumot xato bo‘ladi.

O‘tirgan o‘quvchilar ketma-ket doskadagi o‘quvchilarni tinglashadi va noto‘g‘ri ma’lumot aytgan “o‘zga sayyoralik” sinfdoshini o‘yindan chiqarib yuborishadi.

9 ta o‘quvchi qoldi. Bitta xato ma’lumot qo‘shilib kartochkalar qaytadan tarqatiladi.

Oxirida omadi kelgan “Yerlik” o‘quvchi qolguncha o‘yin davom etadi.

Aqliy hujum metodi.

  • Darsda o‘quvchilar diqqatini jalb qilishda katta yordam beradi.
  • Miya charchagan vaqtda chalg‘itib, qiziqish uyg‘otadi.
  • O‘quvchilar tengdoshlari fikrini eshitib, analiz qilishadi. Yaxshiroq g‘oya aytishga harakat qilishadi.

Qanday amalga oshiriladi?

Bu texnologiya darsning istalgan vaqtida qo‘llanilsa bo‘ladi. O‘quvchilar mavzudan biroz zerikish his qilganda ularni yana “uyg‘otish” maqsadida ishlatsangiz, yaxshi samara beradi.

O‘quvchilarga mavzuga doir savol berasiz. Savolni to‘g‘ri tanlash muhim hisoblanadi.

Hamma birin-ketin o‘z javobini ayta boshlaydi va faollik kuchayadi.

Kutilmagan savol orqali tinglovchilar aqliga hujum qilasiz. Bu ularda ziyraklikni ham oshiradi.

Sinfda o’ynash uchun tezkor o’yinlar – Faol o’yinlar

Talabalarni o’rnidan turish va harakat qilish foydali, lekin ular ko’pincha boshqa narsani qilishni xohlashadi! Ushbu tezkor harakatlardan ba’zilari yordamida siz jismoniy faoliyatni qiziqarli o’yinga aylantirishingiz mumkin:

  • O’rdak, o’rdak, g’oz: Bir talaba xona bo’ylab yurib, boshqa talabalarning boshining orqa tomoniga tegib, “o’rdak” deb aytadi. Ular birovning boshiga tegib, “g‘oz” deb tanlaydilar. Keyin o’sha odam o’rnidan turadi va birinchi talabani ushlab olishga harakat qiladi. Agar ular yo’q bo’lsa, ular keyingi g’oz bo’ladi. Aks holda, ular chiqib ketishadi.
  • Musiqiy stullar: Musiqa chaling va o’quvchilar stullarni aylanib o’tishsin. Musiqa to’xtaganda, ular stulga o’tirishlari kerak. Kreslosi yo’q talaba tashqarida.
  • Qizil chiroq, yashil chiroq: “Yashil chiroq” deb aytsangiz, o’quvchilar xona bo’ylab yurishadi yoki yugurishadi. “Qizil chiroq” deb aytsangiz, ular to’xtashlari kerak. Agar ular to’xtamasalar, chiqib ketishadi.
  • Muzlatish raqsi: Bu klassik yosh bolalarga energiyani yoqishga imkon beradi. Uni yolg’iz yoki do’stlar bilan guruhda o’ynash mumkin. Bu oddiy qoidalarga ega an’anaviy yopiq bolalar o’yini. Bir oz musiqa tinglang va ularga raqsga tushishiga yoki harakatlanishiga ruxsat bering; musiqa to’xtaganda, ular muzlashi kerak.

Interfaol metodlar.

Ming bir boshqotirma

ta-lim-da-didaktik-o-yinlar-va-interfaol-metodlardan-foydalanish-samaradorligi

Didaktik o‘yinlar tarbiyachi kitobi

Didaktik o’yinlar Boshlang’ich

kartotekasi Harakatli o’yinlar

kartotekasi Ta’limiy o’yinlar

interfaol Syujetli o’yinlar

500 Harakatli o’yinlar

Dam olish daqiqasi

zinama-zina

chaynvord

kim chaqqon

‘kim o’zar’ o’yini

matematik atamalar o’yini

Tavsiya etamiz: Turli mavzudagi she’rlar to’plami

manba.

She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
Scroll to Top