O’zbekistonning tarixiy, boqiy shaharlari haqida insho

Sahifamizda ajdodlarimiz merosi — tarixiy shaharlarimiz haqida so‘z yuritamiz.

O'zbekistonning tarixiy, boqiy shaharlari haqida insho

O’zbekistonning tarixiy, boqiy shaharlari haqida insho.

Boqiy shaharlarimiz — o‘tmish nafasi bilan yashayotgan diyorlar.

Reja:

  • Boqiy shaharlarimiz haqida tushuncha.
  • Tarixiy yodgorliklarni asrash va avlodlarga yetkazish ahamiyati.

O‘zbekiston — qadimiy tarix va boy madaniyat o‘lkasi. Har bir shahri, har bir gumbazi ming yillik tarixni so‘zlaydi. Ularni tomosha qilgan kishi o‘tmish nafasi, ajdodlar ruhi bilan yuzma-yuz kelgandek bo‘ladi.

Samarqand shahridagi Go‘ri Amir maqbarasi — buyuk sarkarda Amir Temur va uning avlodlari dafn etilgan muqaddas joy. Ushbu maqbara o‘zining nafis koshinlari va zarhal naqshlari bilan nafaqat bizni, balki butun dunyo sayyohlarini hayratga soladi.

Buxorodagi Minorayi Kalon esa osmonga talpinayotgan tarix timsolidir. XII asrda bunyod etilgan bu minora o‘z davrida masjid chaqirig‘ini baland ovoz bilan e’lon qilgan. Bugun esa u — Buxoroning ramziga aylangan.

Xivadagi Ichan-Qal’a esa o‘zining tor ko‘chalari, qadimiy madrasalari va g‘ishtdan bunyod etilgan devorlari bilan ajdodlarimiz hayotidan hikoya qiladi. Uning har bir burchagida tarix nafasi, milliy ruh sezilib turadi.

Bu yodgorliklar bizning faxrimizdir. Ularni asrash, tozaligini saqlash, ularga befarq bo‘lmaslik — har bir yosh avlodning muqaddas burchidir. Axir tarixni asragan elgina kelajakka yorqin qadam qo‘ya oladi.

Xulosa qilib aytganda, boqiy shaharlarimiz bizga o‘tmishni eslatadi, g‘urur va iftixor tuyg‘usini bag‘ishlaydi. Ularni avaylab saqlash — Vatanimiz kelajagini asrash demakdir.

Tavsiya etamiz: Barcha fanlardan fan olimpiadasi tuman bosqichi savollari. 9-10-11-sinf