Bosh sahifa » O'qituvchilarga » O’qituvchilar uchun sinf rahbarlik daftari 2023-2024 o’quv yili uchun

O’qituvchilar uchun sinf rahbarlik daftari 2023-2024 o’quv yili uchun

by nafisa nafisa

Umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchilari uchun sinf rahbarlik daftarining word variantini yuklab oling.

Sinf rahbarlik daftari.

Bu sahifamiz orqali umumiy o’rta ta’lim muassasasi sinf rahbarining lavozim,sinf rahbarlikning davriy jadvali,O’quvchilar va uning ota onalari bilan ishlash vazifalari va boshqa vazifalar haqida keltirilgan.Yuklab olish tugmasini bosib yuklab oling.

Umumiy qoidalar.

sinf rahbarlik daftari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari sinf rahbarlarining (keyingi o‘ rinlarda sinf rahbarlari deb yuritiladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini hamda isla faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Sinf rahbarlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyruqlariga, mazkur yo’riqnomaga va boshqa normativhuquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi.

Sinf rahbarlariga qo’yiladigan talablar.

O’qituvchilar uchun sinf rahbarlik daftarida Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi:

  • kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo’lgan; maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat Olib borayotgan (umumta ‘lim muassasalarida nehnatini soatbay (shu jumladan o ‘rindoshlik) asosda faolłyat Olib boruvchi o ‘qituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yo’l qo ‘yilmaydi);
  • boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega bo’Igan;
  • o’quvchilar bilan ishlashj arayonida mas ‘uliyat bilan yondasha oladigan;
  • boshlang’ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang’ich sinfga biriktirilgan o qituvchilarga yuklatiladi.

Asosiy vazifalari.

  • Ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri sifatida o’ziga biriktirilgan sinfdagi o’quvchilaming (keyingi o’rinlarda sinf o’quvchilari deb yuritiladi) belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etish;
  • odob-axloq va ichki tartib qoidalariga muvofiq muomala va kiyinish madaniyatiga amal qilish, jamoada namunali bo’lish; o’quvchilarning o’sib-ulg’ayishlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazorat qilish, yordamga muhtoj o’quvchilarga yakka hołda yondashish asosida ular qalbida milliy g’urur, vatanparvarlik, mehr-oqibat, mas’uliyat, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlami uyg’otish;
  • sinf o’quvchilarining ma’naviy va ma’rifiy tarbiyasini tashkil etishda o’qituvchilar, psixolog, ota-onalar va ulaming o’rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o’rinlarda ota-onalar deb yuritiladi), ta’lim muassasasi rahbariyati orqali Bolalar masalalari bo’yicha komissiyalar, mahalla, huquq-tartibot idoralari, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlash;
  • voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosi borasida voyaga yetmaganlarning nazoratsiz va qarovsiz qolishlari, o’quvchilar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha o’tkaziladigan ‘‘O’quvchi”, ‘ ‘Davomat” kabi profilaktik reydlarda hamkorlik qilish.

Sinf rahbarlari qonun hujjatlariga  muvofiq  boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.

Sinf rahbarlari o‘zlariga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Har tomonlama yetuk, barkamol — ma’naviy, aqliy, jismoniy rivojlangan shaxs tarbiyasini amalga oshirish, sinf o’quvchilarining qobiliyatlarini to‘ łiq namoyon etishlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish;

pedagogik va o’quvchilar jamoasi hamkorligida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda har bir o’quvchining o‘ ziga xos xususiyatlariga qarab yondashishni Yo’Iga qo’yish; ertalabki saflanishlarda sinf o’quvchilarining belgilangan tartibda to’liq ishtirok etishlarini ta’minlash;

biriktirilgan sinf xonasidagi mavjud jihozlarning saqlanishini va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash;

sinf rahbarlari o‘ z faoliyatini o’quvchilarning yosh xususiyatlari, umumiy rivojlanish darajasi va qobiliyatlarini hisobga Olgan holda, keng qamrovli tarbiyaviy ishlar va aniq mezonlar asosida tashkil etadi. Jumladan:

O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo’nalishida:o’quvchilarni Vatani va xalqiga sadoqat, fidoyilik, Davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash o’quvchilar ongiga buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg’ularini singdirish, yurtimizdagi bunyodkorlik ishlari, inshootlar va ma’rifat maskanlari bilan ulami tanishtirib borish; sinfda o’quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhitini yaratish, tarbiya jarayoniga boy madaniy merosimiz, milliy odob-axloq me’yorlarini tatbiq etish, mehnatga ijodiy munosabatni tarbiyalash• o’quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash, ularni jamiyatda o’z o’rnini topa oladigan shaxs sifatida shakllanishlari uchun zarur ko’nikmalarni rivojlantirish; o’quvchilami o’zbek va boshqa xalqlaming madaniy, tarixiy, milliy an’analariga hurmat ruhida tarbiyalash;

Sinf rahbar daftari wordda  <<Yuklab olish>>

O’qituvchilar uchun>>

manba

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar