Ommalashtirishning yangi taribi nizomi.
Bosh sahifa » O'qituvchilarga » Ommalashtirishning yangi taribi nizomi.

Ommalashtirishning yangi taribi nizomi.

Ommalashtirishning yangi taribi nizomi.

Ommalashtirishning yangi taribi.

O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirishning yangi tartibi belgilandi.

Unga ko‘ra, endilikda talabgorlarning ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish va ommalashtirish ishlari maxsus platforma orqali amalga oshiriladi.

⚡️ISH TAJRIBANI OMMALASHTIRISH UCHUN ENDI AVVALGIDAY “LIKE” 👍 YIG‘ISH SHART EMAS.

1. maktabda ommalashtirish uchun tavsiya etilayotgan ish tajriba metodbirlashmada ko’rib chiqiladi. Ommalashtirishga loyiq deb topilsa, maktab pedagogik kengashiga tavsiya etiladi. Pedagogik kengashda, “ommalashtirilsin” deb qaror qabul qilingan taqdirda.

2. ish tajriba ommalashtirish.uz platformasiga joylashtiriladi.

Bunda, quyidagi hujjatlar talabgor tomonidan ommalashtirsh.uz platformasiga joylashtiriladi:

metodik ishiga ijobiy xulosa berilib, taʼlim muassasasi miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisida Pedagogik kengash qarorining elektron (pdf) nusxasi;

ommalashtirish uchun tavsiya etiladigan metodik ishi (metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya)ning elektron (pdf) nusxasi;

oʻzi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (obyektivka) va mutaxassisligi boʻyicha diplom nusxasi.

3. ommalashtirish.uz platformasi orqali yuborilgan metodik ish Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining tegishli fanlar bo‘yicha Oʻquv metodik kengashi tomonidan oʻrganib chiqiladi.

Talabgorning metodik ishi maksimal 80 ball bilan baholanadi. Talabgor tomonidan tayyorlangan metodik ish mazkur buyruq bilan tasdiqlangan metodik ishga qo‘yilgan talablar hamda baholash mezoniga muvofiq baholanadi.

Bunda, 50-65 ball bilan baholangan metodik ishlar tuman (shahar) miqyosida, 66-80 ball bilan baholangan metodik ishlar viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilgan deb hisoblanadi va sertifikat olish uchun ommalashtirish.uz platformasi orqali Respublika taʼlim markaziga yuboriladi.
Shundan 75-80 ball bilan baholangan metodik ish respublika miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etiladi.

Bosqichlar uchun talab etiladigan ballarni toʻplay olmagan talabgorlarning metodik ishi asoslantirilib, ommalashtirish.uz platformasiga joylashtiriladi.

Tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirish toʻgʻrisida Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining Oʻquv metodik kengashi qarori har yili 15-mayga qadar ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilishi lozim.

Oʻquv metodik kengash qaroridan norozi boʻlgan talabgorlar uch ish kuni ichida Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin.

MMTV ning 2024-yil 7-fevraldagi 32-sonli buyrug‘ini yuklab olish>> Ommalashtirish yangi tartibi.

Tavsiya etamiz: Maktab faoliyati davomida muhim bo’lgan hujjatlar jamlanmasi

manba

 

She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
Scroll to Top