278
Bu haqda toshkentlik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev maʼlum qildi.
“Biz madaniyat va sanʼat sohalari vakillari, muzey va kutubxonalar xodimlari ish haqini kelgusi yetti yilda 3 karra oshiramiz.
Bunda, maktab kutubxonachilarining ish haqi pedagog xodimlar oyligiga tenglashtiriladi.
Maktab o’qituvchilarning oyligi haqida
Shuningdek, kelgusi yetti yilda kutubxonalarning 40 millionga yaqin kitob fondi to‘liq raqamlashtiriladi va ularning yagona katalogi yaratiladi.
Umuman, 2030-yilga qadar mamlakatimizdagi barcha kutubxonalar to‘liq taʼmirlanadi. Shu maqsadda 500 milliard so‘m ajratamiz”, – dedi nomzod.