Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU) — Oʻzbekistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri.
Institut haqida.
Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU) — Oʻzbekistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri. 1974-yilning 8-avgust sanasida O‘zbekiston Respublikasi Maorif vazirligining 256-sonli buyrugʻiga asosan Jizzax davlat pedagogika instituti tashkil etilgan va unga filologiya fanlari doktori, professor Bozorboy O‘rinboyev rektor sifatida tayinlangan. Universitet bugungi kunga kelib 13 ta fakultet, 28 ta yo‘nalish va 41 kafedraga ega. Talabalar soni 19273 nafarni tashkil etadi. Universitetda 542 nafar profesor-o‘qituvchilar faoliyat yuritishadi.
Taʼlim muassasasida Magisratura va Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limlar bor. Magistratura bo‘limida 20 ta mutaxassislik mavjud. Muassasaning toʻliq nomi: Abdulla Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sharof Rashidov koʻchasi, 4-uy
Kunduzgi kirish ballari.
Jizzax davlat pedagogika instituti kunduzgi yo’nalishdagi kirish ballarini fan ustiga bosish orqali ko’rishingiz mumkin.
Sirtqi kirish ballari.
Jizzax davlat pedagogika instituti 2022 yil sirtqi yo’nalishdagi o’tish ballari.
Jizzax davlat pedagogika instituti | ||
Yo’nalish – Sirtqi, O’zbek | ||
1 | Texnologik ta’lim | >> |
2 | Pedagogika | >> |
3 | Jismoniy madaniyat | >> |
4 | Maktabgacha ta’lim | >> |
5 | Boshlang‘ich ta’lim | >> |
6 | Matematika va informatika | >> |
7 | Biologiya | >> |
8 | Tarix | >> |
9 | Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi | >> |
10 | Musiqa ta’limi | >> |
11 | O‘zbek tili va adabiyoti | >> |