Bosh sahifa » Insholar » Iqlim oʻzgarishi va global isish mavzusidagi insho

Iqlim oʻzgarishi va global isish mavzusidagi insho

by nafisa nafisa

Iqlim oʻzgarishi va global isish mavzusidagi insho

Iqlim oʻzgarishi va global isish

Reja:

  1. Iqlim o‘zgarishi.
  2. Iqlim o’zgarishi omillari.
  3. Global isish nima?
  4. Iqlim o‘zgarishining O‘zbekistondagi oqibatlari.

Iqlim o‘zgarishi.

Iqlim o‘zgarishi – keng tarqalayotgan, jadal va tezlashib borayotgan jarayondir. G‘arbda yashovchilar uchun ham sayyoraning isish xavfi endi faqat chekka hududlarga ta’sir qiladigan muammo emas. Dunyoning deyarli barcha qismida istiqomat qilayotgan insonlar iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelayotgan hodisalarni o‘z tanalarida his qilishmoqda.

Hukumatlararo ekspertlar guruhi Yer ilgari hisob-kitob qilinganidan ko‘ra tezroq isib borayotganini ma’lum qilishmoqda. Dunyo bo‘yicha o‘rtacha harorat 1,1 darajaga ko‘tarilgan. Bu esa 2040 yilga borib o‘rtacha harorat 1,5 darajaga oshishini bildiradi.

Issiq to‘lqinlar, kuchli shamollar, qurg‘oqchilik, suv toshqinlari va yong‘inlar yanada ko‘proq sodir bo‘la boshladi, muzliklar erishi yanada kuchaydi. Ayniqsa, joriy yilda bu jarayon judayam tezlashganini kuzatishimiz mumkin.

Iqlim o’zgarishi omillari.

O‘rmon yong‘inlari

Fransiya janubi, Ispaniya va Italiyaning Sardiniya orolida keng miqyosdagi o‘rmon yong‘inlari natijasida minglab gektar maydonlardagi o‘rmon va qishloq xo‘jalik yerlariga ziyon yetdi.13 iyul kuni Kaliforniya shimolida boshlangan va Diksi nomini olgan keng ko‘lamli yong‘inlar natijasida 200 ming gektardan ziyod maydonlar zararlandi.Shimoliy Makedoniya hukumati yirik o‘rmon yong‘inlari sababli bir oyga inqirozli vaziyat rejimini joriy etdi.

Anomal issiq tufayli Turkiya g‘arbi va janubida ham dahshatli yong‘inlar yuz berishi natijasida sayyohlik tadbirlari, ekskursiyalar butunlay to‘xtatildi. Qishloq xo‘jalik maydonlari, fermalar yong‘in ichida qolib, chorva mollari nobud bo‘ldi.

Gretsiyada ham bir necha kundan buyon kuchli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Ofat bir haftadan ortiq vaqt mobaynida havo harorati 40 darajadan yuqori bo‘lishi oqibatida sodir bo‘lgan. Ayrim hududlarda havo harorati 47 darajagacha ko‘tarilgan.

Rossiya sharqidagi Yoqutiston Respublikasida o‘rmon yong‘inlari, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 6 mln gektar hududni qamrab olgan — bu Belgiya hududidan ikki barobar katta.Jazoirdagi kuchli yong‘inlar oqibatida halok bo‘lganlar uchun mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qilindi.

Suv toshqinlari

Tabiiy ofatlarning yana bir dahshatlisi suv toshqinlaridir.

  • Afg‘oniston sharqida joylashgan Nuriston viloyatida yuz bergan toshqinlarda kamida 150 kishi halok bo‘ldi.
  • Xitoyning Jyengjou shahrida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida suv toshqinlari sodir bo‘ldi va bir qancha insonlarning hayotiga nuqta qo‘yildi.
  • Hindistonning Goa va Maharashtra shtatlarida ro‘y bergan keng ko‘lamli suv toshqinlaridan keyin minglab binolar vayron bo‘ldi.
  • Belgiyada 14–16 iyul kunlari yuz bergan toshqinlar 10 mlrd yevrodan ko‘proq zarar yetkazgan.
  • G‘arbiy Germaniyada minglab odamlar suv toshqinlari sabab uylarini tark etdi, 100 mingdan ortiq kishi elektr ta’minotisiz qoldi.

Boshqa mavzudagi insholar.

Global isish nima?

Global isish – sayyoradagi umumiy haroratning uzoq muddatli isishi. Global isish karbonat angidrid (CO2) va boshqa havo ifloslantiruvchi moddalar atmosferada toʻplanib, quyosh nurlari va yer yuzidan tushgan quyosh nurlarini oʻzlashtirganda sodir boʻladi. Ushbu isish tendentsiyasi uzoq vaqtdan beri davom etayotgan boʻlsa-da, soʻnggi yuz yil ichida qazib olinadigan yoqilgʻilarning yonishi tufayli uning sur’ati sezilarli darajada oshdi.

Odamlar sonining koʻpayishi bilan birga, yoqilgʻi yoqilgʻilarining yonish hajmi ham oʻsdi. Fotoalbom yoqilgʻilarga koʻmir, neft va tabiiy gaz kiradi va ularni yoqish yer atmosferasida „issiqxona effekti“ deb nomlanuvchi hodisani keltirib chiqaradi.

Iqlim o‘zgarishining asosiy sababi nimada?

Mutaxassislar iqlim o‘zgarishining asosiy omili issiqxona effekti ekanligini ta’kidlashadi. Quyoshdan kelgan issiqlikning Yer sathida jamlanib, dimlanib qolishi issiqxona effekti deyiladi. Ya’ni quyoshdan kelgan nurni Yer ham o‘z navbatida atmosfera orqali koinotga qaytaradi. Ushbu nurlarning bir qismi koinotga chiqib ketish o‘rniga odamlardan chiqarilgan turli gazlarga yutiladi. Uning koinotga qaytib chiqib ketmasligi oqibatida Yer yuzi me’yoridan ortiq qiziydi va iqlimga ta’sir ko‘rsatadigan issiqxona qatlami hosil bo‘ladi.

Natijada sutka mobaynida eng yuqori va eng past harorat orasida kam farq bo‘ladi. Ya’ni odamlar va tabiat tunda ham kunduzgi kabi issiq va dim havo ta’sirida qoladi. Bunday sutkalik issiqlik esa keskin isish hodisasini keltirib chiqaradi.

Issiqxona effektini hosil qiluvchi asosiy gaz bu – karbonat angidrid. U atmosferaga ham tabiiy, ham sun’iy yo‘l bilan qo‘shiladi. Metan, azot oksidi kabi boshqa iflos gazlar havoga inson omili tufayli chiqarilib, bular bir butun issiqxona effekti darajasini belgilaydi.

Iqlim o‘zgarishining O‘zbekistondagi oqibatlari.

Iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonda ham qator salbiy oqibatlarga olib kelyapti:

  • Harorat ko‘tarilishi natijasida suvning bug‘lanish koeffitsiyenti oshishi hududlarda suv resurslari kamayishiga, tanqisligiga ta’sir etmoqda;
  • Ekologik tanglik oqibatida yil davomida umuman yog‘ingarchilik bo‘lmagan kunlar soni ko‘paymoqda;
  • Tuproqning namligi kamayishi hisobiga takroriy qurg‘oqchilik xavfi ortmoqda va hosildorlik ko‘rsatkichlari tushib ketmoqda;
  • Orol dengiziga quyiladigan suv hajmining kamayishi daryo deltasining cho‘lga aylanishi va qurigan dengiz tubida yangi cho‘l maydonlari paydo bo‘lishini tezlashtiryapti;
  • Atmosfera havosida katta maydonlarda changlanish ortmoqda;
  • Isish va sovish kabi anomal hodisalarning o‘zgarishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va mevalarning nobud bo‘lishiga olib kelmoqda.

Iqlim ko‘rsatkichlarining yil sayin tobora yomonlashib borayotganini insoniyat Yerdan shafqatsizlarcha foydalanishni davom ettirayotgani bilan bog‘lash mumkin. Ko‘pchilik davlatlar tomonidan bu jarayon xavfsizlikka qarshi eng katta tahdid sifatida ko‘rilmoqda. Dunyo bo‘ylab sodir bo‘lgan ayanchli hodisalar ekologik xavfsizlikni ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini ishlab chiqishga yetarli darajada kuchli turtki berishi kerak. Yo‘qsa keyinchalik juda kech bo‘lishi mumkin.

Vatanimiz bayrog’i mavzusidagi insho. Bayroq haqida

manba

 

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar