Bosh sahifa » Arboblar » Ergasheva Ma’mura hayoti va ijodi

Ergasheva Ma’mura hayoti va ijodi

by administrator

Ergasheva Ma'muraErgasheva Ma’mura hayoti va ijodi haqida.

Tarjimai holi

Iste’dodli raqqosa va baletmeyster Ma’mura Ergasheva 1951 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent xoreografiya bilim yurtini va 1977 yilda Toshkent chet tillar institutini tugatgan.

O‘zbek Davlat «Bahor» xalq raqs dastasida raqqosa sifatida faoliyatini boshlagan bo‘lsa, 1990 yildan shu dastaning badiiy rahbari va bosh baletmeysteridir.

Mukarrama Turg‘unboevaning eng yaxshi va sadoqatli shogirdi bo‘lgan M. Ergasheva o‘zi ijod etgan va sahnaga qo‘ygan raqslarida ustozining an’analarini izchillik bilan davom ettirmoqda.

Ijro etishi

Raqqosa «Munojot», «Tanovar», «Larzon», «Farg‘ona ruboiysi», «Lazgi», «Buxorocha larzon», «Dunyoni asrang», «Ko‘zlaringni yashirma», «Shoshdiyu ketdi», «Rohat», «Holim so‘rma», «Jonon piyola», «Pilla», «Duxtari lola», «O‘n sakkiz yoshligim», «Gulsara raqsi», «Marjonlaring», «Daryo toshqin», «Jonon», «Zavqim kelur», «Yovvoyi tanovar», «Asta qiyolab o‘tdi», «Ona», «Doira raqsga chorlaydi», «Saname», «Yalla aytayin», «Chorgoh», «Xamsa» asarlariga raqs, «Dilxiroj», «Safti munojot», «Navro‘zi ajam» kabi o‘zbek mumtoz, maqom va zamonaviy raqslarni nihoyatda go‘zal, joziba va mohirlik bilan ijro etdi.

Ma’mura Ergasheva taniqli baletmeystrlar izidan borib, «Bahorim», «Fig’onkim», «Sening qarashlaring», «Navro‘zi ajam», «Gul va bulbul», «O‘ynasa», «Xayoliy qiz», «O‘zbekiston», «Uch doira raqsi», «Bebaholardan», «Yalla aytayin», «Safti munojot», «Buncha go‘zal», «Erta bilan turaman», «Buxoracha raqs», «Xorazmcha raqs», «Bilakuzuk», «Xorazmcha qoragul» (kompozitsiya), «Erkalab», «Parvona», «Farg‘ona go‘zali», «Xeva go‘zali», «Andijon polkasi», qirg‘izcha, qozoqcha kabi ellikdan ortiq mumtoz, xalq va jahon xalqlari raqslarini nozik did bilan sahnalashtirdi.

Raqqosaning ijro etgan, sahnaga qo‘ygan raqslari ba’zan nozik va mayinligi, ba’zan sho‘, erkin va keskin harakatlari, katta jozibasi hamda estetik ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Ustozlari M. Turg‘unboeva, I. Oqilov, G. Izmaylova, S. Musheeva, G. Mavaeva, Irismetovalardan raqs san’atining murakkab va nozik sirlarini muttasil o‘rganish, izchil ravishda o‘z ustida ishlash, tinimsiz mehnat, umuman, o‘z kasbiga katta mehr va sadoqat natijasi o‘laroq.

Ma’mura Ergasheva tez orada iste’dodli raqqosa, talantli baletmeyster, yaxshi tashkilotchi sifatida keng jamoatchilikka yaqindan tanildi, el nazariga tushdi, shuhrat qozondi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Gulnora Nizomova, Rushana Sultonova, Olima Yoqubova, Roziya Odamboeva va raqqosalardan Yelena To‘xtaeva, Gulshana Qurbonboevalarni tarbiyalab voyaga yetkazdi.

Ma’mura Ergasheva 1978 yilda «Doira raqsga chorlaydi» raqsi uchun Gavanada bo‘lib o‘tgan Yoshlar va talabalar festivalining sovrindori bo‘ldi. 1979 yildan O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasining a’zosi. 1983 yilda unga «O‘zbekiston xalq artisti» faxriy unvoni berilgan bo‘lsa, 1999 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi. Ergasheva Ma’mura hayoti va ijodi yoqqan bo’lsa boshqa arboblarni ham o’qib ko’ring.

Boshqa arboblar

Manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x