263
Nodavlat ta’lim tashkilotlari.
Xabaringiz bor, Hukumatning tegishli qarori asosida oʼquvchilarning fan boʼyicha egallagan bilimlari bilan bir qatorda oʼquvchilarning hayotga tayyorgarlik darajasi (bilim darajasi, oliygohlarga kirish koʼrsatkichi, xorijiy tilni bilish darajasi), pedagoglarning sifat tarkibi va salohiyati (oliy va birinchi toifaga ega pedagoglar ulushi), maktablardagi maʼnaviy-maʼrifiy va oʼquv-tarbiyaviy muhit hamda mahalliy hokimliklarning maktablar rivoji uchun qoʼshgan hissasini inobatga olgan holda tuman (shahar)lar hamda Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kesimida umumtaʼlim muassasalarining reytingi tuzib kelinmoqda.
- Ushbu jarayonda qurʼa tashlash yoʼli bilan tanlab olingan 10 foiz maktablardagi 9-sinf oʼquvchilarining bilimlari baholanadi, oʼqituvchilar oʼrtasida xalqaro TALIS baholash dasturi metodikasi asosida ijtimoiy soʼrovnoma oʼtkaziladi.
- Joriy yilda mazkur jarayonlarga yangilik kiritish maqsadida yurtimizda faoliyat olib borayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini ham baholash nazarda tutilmoqda.
- Shu munosabat bilan milliy reytingda ishtirok etish istagini bildirgan nodavlat taʼlim tashkilotlarini https://forms.gle/tAhZ5EbfbiZBLURS7 havolasi orqali roʼyxatdan oʼtishlarini soʼrab qolamiz.