Bosh sahifa » O'qituvchilarga » Emaktab.uz bo’yicha eslatma

Emaktab.uz bo’yicha eslatma

by nafisa nafisa

Emaktab.uz bo'yicha eslatma

Emaktab.uz

Oʼquvchilar oʼz vaqtida (9.00-21.00 gacha 1 smenali maktablar uchun, joriy kundan ertasi kuni 13.00 gacha 2 smenali maktablar uchun) baholanmasligi, belgining qoʼyilmasligi oʼqituvchini dars oʼtmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq toʼlanmaydi.

Sinf rahbari «bir kunlik jurnal» da fanlar ostidagi «PR» ustuniga har kunlik davomat belgilarini quyidagi tartibda qoʼyib boradi:

s — hech qanday sababsiz dars qoldirganligini koʼrsatish uchun;
dq — sababli dars qoldirganligini koʼrsatish uchun;
k — kasallik sababli dars qoldirganligini koʼrsatish uchun;
kq — darsga kechikib kerganligini koʼrsatish uchun;
m — surunkali dars qoldirayotganligini koʼrsatish uchun;
ch — respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini koʼrsatish uchun;
q — taʼlim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini koʼrsatish uchun;
ns — ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini koʼrsatish uchun;
tq — turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini koʼrsatish uchun qoʼyish belgilanadi.

Fan oʼqituvchilari tomonidan oʼquvchilarning darsdagi davomatlari dars boshlanishida onlayn tarzda quyidagi tartibda qayd etiladi:

s — hech qanday sababsiz dars qoldirganini koʼrsatish uchun;
kq — darsga kechikishni koʼrsatish uchun.(baxolash mumkin).

Sinf jurnallarida oʼquvchilarning familiyasi va ismi maktab taʼlim tiliga qarab kirill yoki lotin alifbosiga asoslangan yozuvlarda kiritilishi sinf rahbariga yuklatiladi.

O’qituvchilar uchun

manba

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar