Maktablarda fanlarni chet tilida o’qitish amaliyoti.
“Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog’ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Unga ko’ra, 2024/2025-o’quv yilidan Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda:
🔹chet tilini bilish bo’yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo’lgan o’qituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida o’qitish amaliyoti joriy etiladi;
🔹matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar (science), informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darslarni chet tilida olib borgan o’qituvchilarga tarif stavkasiga nisbatan 100 foiz miqdorida har oylik qo’shimcha ustama to’lanadi.
✅ Prezident maktablarining mahalliy o’qituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qo’shimcha ustama to’lash tartibi joriy etiladi.
🔘 Bunda, ustama pedagoglar tomonidan quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda to’lanadi:
🔸Kembridj (Cambridge Assessment International Education) xalqaro ta’lim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni o’qitish bo’yicha 3 ta (Introductory, Extension, Marking) kursni muvaffaqiyatli tugatish va bu haqida tegishli sertifikat olish;
🔸Prezident maktablarida kamida 1 yillik ish stajiga va chet tilini bilish bo’yicha kamida C1 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo’lish.
Tavsiya etamiz: Interfaol metodlar. Attestatsiyaga tayyorlanuvchi o’qituvchilar uchun.