Asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi o’tkaziladigan sanalari va savollari

Fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi

Fan olimpiadasining III viloyat bosqichi.

Asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi 2023-yilning 4-10-noyabr kunlari oʻtkaziladi.

Asosiy olimpiadalarning uchinchi bosqichida:

  • ikkinchi bosqichda 1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar;
  • akademik litseylar hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar tomonidan tavsiya etilgan 3 nafargacha oʻquvchilar;
  • oʻtgan oʻquv yilida asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida 1-oʻrinni egallagan va hozirda maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar maktablarining oʻquvchilari oʻtgan oʻquv yilida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan fani boʻyicha ishtirok etadi.

Uchinchi bosqichda har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar (1, 2, 3-oʻrinlar) gʻoliblar aniqlanadi.

Ishtirokchilarning olimpiadalar boʻlib oʻtadigan manzilga xavfsiz kelib-ketishlarini taʼminlashga tuman (shahar) hokimlari va maktabgacha va maktab ta`limi boʻlimi mudirlari shaxsan masʼul hisoblanadi.

Mazkur bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar:

1-oʻrin uchun — 1 mln 980 ming soʻm;
2-oʻrin uchun — 1 mln 320 ming soʻm;
3-oʻrin uchun — 990 ming soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Barcha fanlardan Olimpiada III- bosqich savollari.

Kerakli fan ustiga bosing va kerakli faylni yuklab oling.

Oʼquvchilar tayyorgarlik koʼrishlari uchun oʼtgan yilgi savollar keltirilmoqda.

Barcha fanlardan olimpiada o’tkazish nizomi va savollari

manba