Mundarija
Amir Temur – buyuk shoh va sarkarda.
Reja:
- Buyuk davlat arbobi.
- Amir Temur adolatli shoh va sarkarda.
- “Sohibqiron dramasi” ni o‘qib olgan taassurotlarim.
Buyuk davlat arbobi.
Ma’lumki, Amir Temur siymosi o’zbek va jahon tarixida o’zining alohida chuqur o’chmas iz qoldirganligi ya’ni buyuk adolatli davlat siyosatchisi sifatida e’tirof etiladi.Shu o’rinda ta’kidlash joizki,asrlar o’tibdiki Amir Temur shaxsidek buyuk shaxs tarix zarvaraqlarida hech bir davlat arbobichalik o’zini vataniga baxshida etmagan buning yorqin isboti sifatida u amalga oshirgan salmoqsiz ishlarni keltirishimiz mumkin. Amir Temur nomi ham unga otasi tomonidan bejizga berilmagan, shunday ekan bunga alohida to’xtalsak, Temurbey atoqli otdir va ‘temir’ temir so’zidan kelib chiqqan bo’lib, ‘fer’ fransuzcha ‘temir’ ma’nosini bildiradi va ‘bey’ so’zi ‘hukmdor’ so’ziga teng bo’lib,’temir hukmdor’ degan ma’noni bildiradi.
Tarixda uni boshqalar ‘Temurlan’deb atashadi, bu so’z ham ‘temir’ dan kelib chiqqan bo’lib, frasuzchasiga ‘Temur oqsoq’ degan ma’noni bildiradi. ‘Oqsoq’ uning laqabi. Bu tatarcha va forscha talqinlaridir. Eronda uni ‘miritabam’, ya’ni ‘hukmdor’ deb ham, ya’ni ‘buyuk hukmdor’ deb ham atashadi. Albatta, shu xususda buyuk bobomiz unvoni haqida ham to’xtalsak, ba’zi manbaalarda keltirilishicha, ‘Temur Gerakan sosmus'(Temur Ko’rogon so’zimiz) iborasi temur ‘imperatorning o’g’li’ yoki ‘kuyovi’ kabi ma’noni beradi va ‘so’smus’ – ‘bizning qat’iy so’zimiz’ deganidir.
Tavsiya etamiz: Amir Temur haqida bolalar uchun she’rlar
U o’zini na qirol va na imperator nomi bilan ataydi, qachon so’zlasa yoki amr etsa,imperator nomidan so’zlaydi va amr etadi. U kelib chiqishi bo’yicha sharqlik barloslardan bo’lib, ularning millati yakote (chig’atoy) deb ataladi. Ba’zilar fikricha, bu o’lkaga Hindiston tomondagi Persiyadan keyingi Korasan (Xuroson) viloyati, Mediya (Ozarbayjon)viloyati va boshqa viloytlar kiradi. Bu o’lka tarkibiga kiruvchi yana bir shahar bu – Temurbeyning shahri Semerkantdan (Samarqand) juda yiroqda, yuz kunlik masofada, Jiyon daryosidan narida – Persiyada joylashgan Suzis (Suza) shahridir.
Amir Temur adolatli shoh va sarkarda.
Amir Temur yoshligida tengqurlari kabi oddiy yigit bo’lgan, ammo zukkoligi aql-zakovati bilan ajralib turgan.U doim Xudoni olqishlaydi va nima qilsa faqat Xudo uning amri bilan qiladi.O’zining aytishicha, u bir bechora ayolning o’g’li, kuchsiz va kambag’al yigit bo’lgan, u nimaga erishgan bo’lsa , Xudoning marhamati ila erishgan. Zero, shu paytgacha Sharqda hech kim unga teng keladigan birorta insonni ko’rgan ham, eshitgan ham emas.
Ayniqsa, u Samarqand shahri va Trasoksaniya imperiyasini qo’lga kiritgandan keyin shunday qudratga ega bo’ldi. Zotan
uning imperiyasi Sharqqa tomon shuncha katta makonni egallaganki, uning bir sarhadidan ikkinchisiga yetish uchun tinmay yarim yil yo’l bosish kerak. Qudratli sarkarda ko’plab viloyatlar, shaharlar , qo’rg’onlar, amloklarni qo’lga kiritdi va tobe etdi.
Shu jumladan, u Hindistondagi Delli (Dehli) shahrini ishg’ol qildi. Shundan so’ng G’arbga tomon yurish qiladi hamda Konstantinopolgacha bo’lgan hududlarni ishg’ol qiladi. Qisqacha aytganda, Amir Temur janggohlarda barchani, jumladan ko’plab qirollar va shaxzodalarni yengadi,na biror shahar na biror istehkom unga dosh bera olmagan, u son-sanoqsiz shaharlar-u qo’rg’onlarni zabt etdi hisobsiz xalqlarni o’ziga tobe qildi, sanoqsiz muhorabalarda zafar qozondi, ko’plab qirollar va shaxzodalar, katta hokimlar va amaldorlar u tarafda. Amir Temurning o’ziga xos hislatlaridan shuni aytish
mumkinki, u sharob ichganida mehribon va oqko’ngil bo’lib qoladi, biroq bunday holat juda kam bo’ladi, ya’ni u juda kam sharob ichadi.Ayniqsa, u g’azab otiga minmagan paytlarida adolat yuritadi.
Tavsiya etamiz: Amir Temur haqida qiziqarli tarixiy faktlar
Adolatning shiori uchun o’z tamg’asiga fors tilida ‘adolat’so’zini ikki marta yozdigan. U o’z do’stlariga va elchilariga , ayniqsa, uzoq o’lkalardan kelgan elchilarga yetarlicha ochiqko’ngilllik qiladi. Ular har doim ochiq dalada harir shoyi chodir ostida umr o’tkazadi. Uning xalqi shunchalik ko’pki, ularning barchasi shaharda yashay olmaydi. Biroq ularga zarur barcha narsalar xuddi shaharlardagidekbu yerga olib kelinadi, sotiladi, xarid qilinadi. Bu yerga uzoq o’lkalarga oziq- ovqat mahsulotlarini olib keluvchi savdogarlar juda ko’p , uning fuqarolari saronjom- sarishta odamlar, ular yerda- stol va kursisiz ovqatlanishadi . Bu yerlarda go’sht va guruch serob, ular mutlaqo non yeyishmaydi.
Amir Temur saroyida sharob ichish ta’qiqlanadi, nasroniylar esa ichishlari mumkin, u ham bo’lsa, faqat kechki ovqat oldidan, ovqatdan so’ng suv va qimiz ichiladi. Uning saroyida nomussiz ayollarning yashashi ta’qiqlangan har kimning o’z xotini va mol-mulki bor. Ayollar erkaklar kabi mohir chavondozlardir , otda yurganlarida faqat ko’zlari va burunlari ochiq bo’ladi.Agar o’zi chaqirmasa, uning oldiga borishga hech kim jur’at eta olmaydi. Uning o’g’illari va beklari ham ruxsatisiz uning yoniga borib o’tirmaydilar. Agar u biror o’lkani zabt etishni ixtiyor etsa, qora rangli tig’ini ko’taradiva uning askarlari o’sha o’lkani zabt etishga otlanadilar. Egallangan o’lkalardan turli hiroj va boyliklar yig’iladi.
Shuni unutmaslik kerakki, ular nasroniylarga birdek munosabatda bo’ladilar. Buyuk Temur o’z e’tiqodi bo’yicha saratsin bo’lib, u o’z dini talablaridan kelib chiqqan holda har kuni Xudoga iltijo qiladi. U bu dunyoda nimaiki, sodir bo’lsa, barisi Xudoning irodasi bilan sodir bo’lishini aytadi.
Tavsiya etamiz: 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bolalar uchun she’rlar.
“Sohibqiron dramasi” ni o‘qib olgan taassurotlarim.
Tarix Amir Temurni makedoniyalik Iskandar, Doro 1, Yuliy Sezar kabi yirik sarkardalar bilan bir qatorga qo‘yadi. Amir Temur mingta jang o‘tkazib birontasida ham yengilmagan mashhuri zamon sarkarda sifatida, davlat tuzilishi ishlariga, ilm-fan, maʼrifat, madaniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan siyosiy arbob sifatida tarixga kirdi. Amir Temur tarafidan tarqoq viloyatlar yagona davlatga birlashtirilib, markaziy hokimiyat tuzilib barqarorlashgandan keyin, mamlakat iqtisodiyoti mustahkamlandi, savdo va hunarmandchilik ishlab chiqarishi rivojlana boshladi, qo‘shni va uzoqdagi mamlakatlar bilan savdo-xo‘jalik aloqalari kengaydi.
Amir Temur hayotlik paytida davlat boshqaruvi haqida “Temur tuzuklari” degan nomda mashhur bo‘lgan maxsus kitob yozilgan edi. Unda bu mashhur davlat arbobi va sarkardaning harbiy sanʼatga, davlat tuzilishi va mamlakatni boshqarishga oid qarashlari aks etdi. “Kuch adolatda” shiori butun Amir Temur davlati hududida axloqiy va maʼnaviy mezonga aylandi.
XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr Yaqin va O‘rta Sharqning tijorat, iqtisod va madaniyat markaziga aylanib bordi. Chingizxon qo‘shinlari tomonidan tag-tubigacha vayron qilingan Samarqand, Kesh, Buxoro, Termiz, Toshkent, Marv, Hirot kabi va boshqa qadimiy shaharlar obod bo‘la boshladi. Masjidu madrasalar, maqbaralar, karvonsaroylar va hammomlar qurildi. Ulkan va bepoyon mamlakatning poytaxti rutbasini olgan Samarqand, Amir Temurning niyatiga ko‘ra, kurrayi zamindagi eng chiroyli shaharga aylanishi kerak edi. Samarqand O‘rta Sharq va Markaziy Osiyoning eng yaxshi meʼmorlari to‘plangan shaharga aylandi.
Tavsiya etamiz: Amir Temur “Temur Tuzuklari” asari. Tarjimai holi