Alifbe.Savodxonlik bayrami tadbir ssenariysi harflarga atab she'rlar
Bosh sahifa » She'rlar to'plami » Alifbe.Savodxonlik bayrami tadbir ssenariysi harflarga atab she’rlar

Alifbe.Savodxonlik bayrami tadbir ssenariysi harflarga atab she’rlar

Alifbe.Savodxonlik bayrami tadbir ssenariysi harflarga atab she'rlar

Boshlang’ich sinf o’qituvchilar va o’quvchilari uchun alifbe bayrami uchun tadbir ssenariylari,harflarga atab she’rlar qo’shiqlar, faxriy yorliklar va turli xil ko’rgazmalar to’plamini yuklab olishingiz mumkin.  Alifbe bayrami uchun harflarga atab eng sara she’rlar to’plami. Alifbe she’rlari va tadbir ssenariysi va alifbe bayrami uchun qo’shiqlar. Savodxonlik bayrami uchun.

Alifbe bayrami tadbir ssenariysi.

savodxonlik bayrami

Alifbe tayyor senariy

savodxonlik guvohnomasi

ALIFBE-BAYRAMI-SENARIYSI

alifbe bayrami senariy

emblema alifbe harflar.

ALIFBE HARFLAR TOJ

Harflarga oid she’rlar.

A

Assalom aziz maktab,
Assalom mehribon qalb,
Assalom ey ustozim,
Avvalo sizga ta’zim.

B

Bor bo‘l doim maktabim,
Buyuk bo‘lmoq maqsadim,
Bag‘ringda o‘qib albat,
Bo‘laman sodiq farzand.

D

Dong taratgan dostonim,
Vatan bog‘u, bo‘stonim.
Dunyo turguncha turgin,
Doimo obod bo‘lgin.

E

Ertaklarni sevaman,
Ertak jonu dilimdir,
Har narsaging kaliti,
Do‘stlarim bu bilimdir.

F

Fahrimsan aziz Vatan,
Fahrlarga to‘laman,
Unib o‘sib bag‘ringda,
Senga qalqon bo‘laman.

G

Gulman go‘zal gulzorda,
Ochilam bahorda,
Yurtim quyoshli,oyli,
Yaproqlarim chiroyli.

H

Hozirjavob bolaman,
Misoli gul, loloaman,
Hazilkashman do‘stlarim,
Buyukdir orzularim.

I

Ilm izlab tolmayman,
Ikki baho olmayman,
Intilib yuksaklarga,
Erishgum istaklarga.

Tavsiya etamiz:  Bolalar uchun Vatan haqida she’rlar va qo’shiqlar.

J

Jajjigina qo‘limga,
Qalam tutgan mehribon,
Sizga rahmat ustozim,
Doim bo‘ling sog‘,omon.

K

Kitob menga do‘st,o‘rtoq,
Ko‘zlarim nuri har choq,
Uni o‘qib toymayman,
Qo‘llarimdan qo‘ymayman.

L

Lola,lola,lolajon,
Tog‘lardagi gul -alvon,
Iforlaring taratib,
Bog‘larimda bo‘l mehmon.

M

Mevalari asal qand,
Mehri qalbimga payvand,
Mening g‘o‘zal chamanim,
O‘zbekiston vatanim.

N

Navdalarda nogohon,
Nafis barglar ochildi,
Nurafshon quyoh nuri,
Har tarafga sochildi.

O

Onajonim olamga,
Oftob sochgan quyoshsiz,
Mehringiz daryo misol,
Tog‘larga yelkadoshsiz.

P

Polizda pishdi piyoz,
Pishdi qovun tarvuzlar,
Keling hirmon uyamiz,
Hasharga keling do‘stlar.

Q

Qaldirg‘ochim,qaldirg‘och,
Ikkimiz ayirmasin,
Qalbi qora qarg‘alar,
Qanoting qayirmasin.

R

Rost so‘zlamoq odatim,
Rostgoylik saodatim.
Nur ziyoga to‘laman,
Rostgo‘y inson bo‘laman.

S

Suv bo‘lmasa hayot yo‘q,
Suvsiz unmaydi nihol,
Suv bu obi haytdir,
Suvni qilmaylik uvol.

T

Tarozining toshi bor,
Tog‘larning ko‘z yoshi bor,
Taraqqiyot yo‘lida,
So‘nmas — yurt quyoshi bor.

U

Ustoz ulug‘,mo‘tabar,
O‘gitlari tillo,zar,
O‘qitgan chekib zahmat,
Ustoz sizga ming rahmat.

V

Vodiylaring gullagan,
Vatan bog‘laring chaman,
Bag‘ringda yayrab,yashnab,
Men baxtlarni quchaman.

Z

Zo‘r olim bo‘lay desang,
Ziyoga to‘lay desang,
Kitobga bo‘lgin o‘rtoq,
Kitob o‘qigin har choq.

Sh

Shamoldek shoshma sira,
Daryodek toshma sira,
Yelga sochma shahdingni,
Mehnatla top baxtigni.

Tavsiya etamiz: harflarga atalgan boshqa  she’rlar to’plami

Alifbe bayrami uchun qo’shiqlar.

Bo’laman bo’laman qo’shig’i.

Hulkar Abdullayeva Paka pak qo’shig’i.

Alifbe harflarga qisqa she’rlari.

“A” harfi

Assalom avvalo aziz jonajon,
Alla aytib katta qilgan onajon!

“B” harfi

Buyuk bobosi bor boshida bu kun,
Butun el taniydi yurtimni bugun!

“D” harfi

Dildan deyman doim jon-tanim,
O’zbekiston – mening Vatanim!

“E” harfi

Elim deb, yurtim deb yashayman har vaqt,
El-yurt baxti — mening baxtimdir abad.

“F” harfi

Fido bo’lsin mayli bu jonim,
Faqat omon bo’lsin ona Vatanim.

“G” harfi

Gulla go’zal, gulgin diyorim,
Gul maskanim – O’zbekistonim!

“H” harfi

Hayotim, hur o’lkam baxtimdir faqat
Hur o’lkam baxti deb yashayman har vaqt

“I” harfi

Ismingizdir Islom bobojon,
Istiqlolni bergan har qachon.

“J” harfi

Jaranglaydi jajji sho’x so’zim,
Jahon tanir bugun ovozim.

“K” harfi

Kamolingni kulib kuylayman,
Yurtim jamolingga boqib to’ymayman.

Tavsiya etamiz:  Bolalar uchun raqamlar haqida eng qiziqarli she’rlar.

“L» harfi

Lolaman lov-lov yonar yuragim.
Xalqqa mehnat orzu, tilagim.

“M” harfi

Mana men mardona mashxur makonman,
Siz tug’ilib o’sgan – O’zbekistonman.

“N” harfi

Non aziz, non bilan hayotdir inson,
Non ushog’in ko’zga surgin bolajon.

“O” harfi

Ona yurt onajon – O’zbekistonim
Ona kabi aziz – jonu-jahonim.

“Y” harfi

Yillar o’tib, yillar kelibdi,
Yurtim 27yoshga to’libdi.

“P” harfi

Poytaxtim– Toshkentim, porlagin yurtim,
Paxtaga kon makon– O’zbekistonim!

“Q” harfi

Qo’limda qalamim she’r bitay sizga,
Onajon doston kam ta’rifingizda.

“R” harfi

Roxatbaxsh yurt bir jannatmakon
Rost so’zlasam bu – O’zbekiston

“S” harfi

Salom sevimligim, serquyosh diyor
Senga qo’lda, so’zla aytaman alyor

“T” harfi

To’yingga to’yona tilda dostonim
2200 yoshing qutlug’ Toshkentim.

“U” harfi

Unutmang, ustozim har bir so’zingiz
Umrbod yodimda ulkan mehringiz.

“V” harfi

Vatanim, volidam vatanda jonim
Vatan ishqi bilan o’tar har onim.

“X” harfi
Xalqimning ovozi baland har onda
Xumo qushi shoduchar moviy osmonda.

“Z” harfi

Zamonim zo’r, zorim yo’q eldan,
Zamonamni men kuylayman dildan.

“O’ ” harfi

O’zbekman, o’z tamg’am, bayrog’im bor
O’zbek madhiyasi tillarda alyor.

“G’ “harfi

Guruhlar g’oliblik bayrog’i qo’lda,
Har elimning madhi jaranglar tilda.

“Ch” harfi

Chamanning chiroyli guli o’zingiz Ustozim!
Duru-gavhar har bir so’zingiz.

“Sh” harfi

Shodman, shamol kabi shoshaman har on,
Bilimlar maskani maktabim tomon.

“Ng” harfi

Kuylang, o’ynang, quvnang, shodlaning bu kun,
Bizni qutlang Alifbeni tugatdik bugun.

“ ’ “ tutuq belgisi

Kimning kelsa belgisi,
Menman tutuq belgisi.

Tavsiya etamiz: Alifbe bayrami ssenariylar va ko’rgazmalar to’plami

manba

She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
Scroll to Top