Abdulla Oripov haqida insho.
Reja:
I.Kirish:Abdulla Oripovning mustaqillik davridagi ijodi
II.Asosiy qism:
1. Abdulla Oripov lirikasida mavzular rang-barangligi
2. Shoirning «Yurtim shamoli» sherining badiiy talqini
3. Abdulla Oripov ijodida ona diyor madhi
III.Xulosa
O’zbekiston — bunyodkorlik, ilm-ma’rifat, mehr-oqibat, himmat va muruvvat ustuvor bo’lgan, о’z farzandlarining barkamol avlod bo’lib voyaga yetishiga qat’iy ishongan, shunga mustahkam zamin yaratgan bag’rikeng mamlakatdir. Uning yigirma yillik zalvorli odimlari kelajagi buyuk ekanining tasdig’idir..
(Abdulla Oripovning durdona fikrlaridan)
Buyuk o’zbek shoiri ,O’zbekiston Qahramoni va O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov mustaqillik davrida Vatan, Erk, Ozodlikni tarannum etuvchi o‘nlab yangi she’rlar yozdi. Yangi tarixiy sharoit ijodiga yangi to‘lqinl. ar olib kirdi. Haj safari natijasida tug‘ilgan hamda hikmatomuz hadislar talqiniga bag‘ishlangan falsafiy-didaktik she’rlari so‘nggi bosqich o‘zbek adabiyoti ufqlarini yanada kengaytirdi. Abdulla Oripov lirikasi orqali o’zbek she’riyatiga ko’ngil dardlarining suvratlari, ruhiy iztiroblar manzarasi, armonga aylangan orzular inson sezimlarida qoldirgan iz tasviri kirib keldi.
Tavsiya etamiz: Biz baxtiyor avlodmiz mavzusida insho. Abdulla Oripov «O’zbekiston» qasidasi haqida.
Bu she’riyat yuzaga kelgan davrda shaldiroq so’zlarni qofiyaga solish, baxtiyorlik liaqida ko’tarinki satrlar tizish odat edi. Mavzuni tshe’r emas, balki she’rni mavzu mukarram qiladi deb hisoblanar, sliuning uchun she’rning qanday yozilishidan ko’ra, uning nima haqda ekanligi mubimroq sana-lardi. Abdulla Oripov tuyg’ulari o’zbek sbe’riyatiga o’ychil g’am va g’amchil o’y olib kirdi. Shoir alohida bir odam va uning dardlari liaqida o’yga botdi, qalam surdi. Bu odam shoirning o’zi edi. Binobarin, bir odam to’g’risida hayqirisb noqulay bo’lardi, u haqda pichirlab she’r o’qish lozim edi. Ghunki shovqin, baland tovush odamni o’zga odamlardan yiroqlashtiradi, samimiylikdan mahrum etadi.
O’zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi chinakam,
Ushbu kunni, ayting-chi, qay birimiz kutmadik.
Zarur bo‘lgan chog‘da goh dor tagida turib ham,
Qay birimiz tarixning sinovidan o‘tmadik.
Dong‘il safarga chiqdi endi hur O’zbekiston,
Kimgadir oyoqosti, kimga u osmon bo‘ldi.
Shukrkim, o‘z-o‘zini tanidi keksa jahon,
Ya’ni o‘zbek Davlatin jumlai jahon bildi. (“Ozbekiston Davlati” sheridan)
Yuqoridagi she’rlar qatoriga Vatanning oqqush qo’shiqlaridek jaranglovchi «Men nechun sevaman O’zbekistonni”, «O’zbekiston” kabi she’rlarni; istiqlol davrida yaratilgan «Vatan”, «Xalq”, “Temur”, «Adolat oftobi”, «Erk haqqi” singari manzumalarni; «Bedorlik” (1999), “Shoir yuragi” (2003) kabi yangi to’plamlardagi asarlarni: buyuk italyan shoiri Aligeri Dantening «Ilohiy komediya”sidek jahon adabiyotining mumtoz namunasi tarjimasini qo’ysak, A. Oripov ijodining naqadar sermiqyos ekani yanada oydin bo’ladi.
Tavsiya etamiz: Men sevgan adabiy qahramon mavzusida insho.
Abdulla Oripov ijodida xalqni, Vatanni, fidoyi farzandlarning sevinch-tashvishlarini kuylash shoir ijodining asosiy yo‘nalishidir; Uning uslubiga umumni umuman emas, aniqni tiniq kuylash xosdir. «Yurtim shamoli» (1969)da shamol tushunchasi, shamol obrazi shoir talqinida, shunchaki biz bilgan ma’nodan tashqari, chuqur falsafiy umumlashma darajasiga ko‘tariladi. Unda Vatan, adolat, tarix talotumlari va hokazolar bilan aloqador ma’nolar chirmashib ketadi:
Shamollar esgandir ushbu dunyoda,
Shamollar goh quyun, gohida dovul.
Ular goh oshkora, goho ro‘yoda,
Qancha bo‘stonlami sovurgan butkul.
Lekin sen bo‘lmagin bog‘lar zavoli,
O, yurtim shamoli, yurtim shamoli.
Qanday shamollar esmasin, shoir Vatan shamoli toza bo‘lishini orzu qiladi.
O’zbеkistоnning boyi-bаsti, gozаl tаbiаti, kаmsuqum, mеhnаtkаsh хаlqi, shu bilаn birgа jаhоngа nоmi kеtgаn buyuk аllоmаlаri vа uning bugungi kundаgi sаlоhiyаti shоir misrаlаri оshа oquvchi koz ongidа gаvdаlаnаdi.
O’zbеkning bоshidаn zаr sоchsin dunyo,
Tоpdi u rizqini zахmаti bilаn
Uning аsоsidir buyuk bоbоlаr
Bizgа ibrаt bo`ldi mехnаti bilаn.
Tavsiya etamiz: Abdulla Oripov sara she’rlari. A.Oripov sherlar to’plami.