Bosh sahifa » O'qituvchilarga » 1-oktabr kuni yakshanbadan dam olish kuni dushanbaga ko’chirildi

1-oktabr kuni yakshanbadan dam olish kuni dushanbaga ko’chirildi

by nafisa nafisa

Ilk marta “1 oktyabr – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan o’zgarishlar sodir boʼladi.

1-oktabr kuni yakshanbadan dam olish kuni dushanbaga ko'chirildi

Bayram kuni.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:

ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi “1 oktyabr – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” 2023 yilda yakshanba – dam olish kuniga toʼgʼri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2023 yil 2 oktyabr – dushanba kuniga koʼchiriladi.

bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat koʼrsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari toʼxtatib qoʼyish mumkin boʼlmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari koʼchirilmaydi.

bunda bayram kuni emas, dam olish kuni koʼchiriladi. Yaʼni Oʼqituvchi va murabbiylar kuni 1 oktyabr hisoblanaveradi, ushbu bayram 2 oktyabrga koʼchirilmaydi. Lekin aslida bayram kunida dam olish kuni boʼlishi kerak edi. Yangi Mehnat kodeksiga koʼra, bundan buyon bayram kunlari yakshanbaga toʼgʼri kelib qolsa, keyingi kun ham dam olish kuni deb eʼlon qilinadi.

O’qituvchilar uchun

manba

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar