Mundarija
Sabr-qanoat haqida.
Reja:
1. Sabr tushunchasi
2. Sabrning diniy talqini.
3. Sabr izzat va sharaf garovidir.
Sabr tushunchasi.
Sabr lugʻatda “toʻsmoq”, “bogʻlamoq” demak. Istilohda esa nafsga xush keluvchi narsalarni tark etish, qazo va qadardagi ishlarga isyon qilmay boʻyin egish, balo va mashaqqat kelganida shikoyat qilmaslik maʼnolarini ifodalaydi.
Sabr, ummatning ijmosi bilan farz boʻlib, imonning yarmi hisoblanadi. Qolgan yarmi esa shukrdir. Sabrning imondagi oʻrni boshning vujuddagi oʻrni kabi. Junayd Bagʻdodiy moʻminning ziynati imon, imonning ziynati aql, aqlning ziynati sabr ekanini bayon etadi.
Bandaning maʼnan yuksalishigina emas, dunyo hayotida huzur va saodat ichra yashashi uchun ham sabr zarur. Biz koʻpincha oʻtmishni oʻylab, “agar”, “koshki”lar bilan vaqt oʻtkazamiz. Xayolimizni oʻgʻirlab, bor diqqatimizni tortib, Haqdan uzoqlashishimizga, tushkunlikka tushib oʻylanib oʻtiraverishimizga sabab oʻtmishdagi har turli ishlardir. Bu xastalik ham sabr bilan yengiladi. Oqil kishi oʻtmish va kelajak haqida qaygʻuga tushmaydi, yashayotgan lahzalarining qimmatini biladi. Bu xuddi olma oʻstirayotgan bogʻbonning yuqoridagi gul va mevalar quvvatlanishi uchun nihol tagidan oʻsib chiqqan shoxlarni kesib tashlashi kabidir.
Har turdagi ilmni oʻrganish mumkin, lekin sabr boʻlmasa, bu ilmdan foyda yoʻq. Yaʼni, ilm bilan sabr bir-biridan ayrilmaydigan ikki hamroh yoki ruh bilan jasad singaridir.
Sirriy Saqatiydan sabr mohiyati haqida soʻrashdi. U kishi javob berayotganida oyogʻini chayon chaqa boshladi. Hazratning indamay oʻtirganini koʻrib: “Nega uni oʻldirmayapsiz?” deyishdi.
Tavsiya etamiz: Tinchlik va notinchlik haqida maqollar to’plami.
– Ham sabr haqida gapirib, ham chayon chaqyapti deb faryod chekishdan Allohdan hayo qilaman, – deb aytdi.
Sabr uchga boʻlinadi. Allohga ibodatlarda sabr, gunoh qilmaslikka sabr, Yaratganning sinovi boʻlgan musibatlarga sabr. Bu sanalganlardan birinchi va ikkinchisi bandaning ixtiyoriga bogʻliq. Uchinchisi esa unday emas.
Hadisi sharifda marhamat qilinadi: “Sabr uch (turli)dir. Musibatlarga sabr, toatda sabr, gunoh qilmaslikka sabr. Kim balo oʻzidan koʻtarilgunicha chiroyli sabr qilsa, Alloh taolo unga uch yuz daraja yozadi. Kim toatda sabrli boʻlsa, Alloh taolo unga olti yuz daraja yozadi. Kim maʼsiyatga qarshi sabr qilsa, Alloh taolo unga toʻqqiz yuz daraja yozadi”.
Shuningdek, sabr mohiyatiga koʻra uch xil boʻladi:
Farz sabr. Alloh taoloning amrlariga boʻysunish, harom qilganlaridan tiyilishdagi sabr har bandaga farz;
Nafl sabr. Qilinishi makruh boʻlgan narsalarga sabr qilish;
Harom sabr.
Musulmonning Alloh taolo mukarram etgan moli, joni, nomusiga nisbatan tajovuzga sabr qilish haromdir.
Sabrning diniy talqini.
Qur’oni Karimda sabrga da’vat ko’p takrorlanadi. Chunki Allohga toatda ham, gunohdan saqlanish, yo’ldagi to’siqlarni yengish uchun ham, zaiflik qilib qolganda ham, havoi nafsni jilovlash uchun ham sabr kerak bo’ladi.
O’tgan ulamolarimizdan birlari sabrni umumiy tarzda uchga bo’lganlar:
1. Alloh harom qilgan narsalardan va gunohdan saqlanishga sabr.
2. Toat va qurbat hosil qilish uchun sabr.
3. Yetadigan musibat va qiyinchiliklarga sabr.)
Musulmon katta-yu kichik musibatlarga, og‘ir bemorliklarga ham, tikon kirishiga ham sabr qilmog‘i gunohlariga kafforat bo‘lishi aytilgan.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonga qay bir musibat: horg‘inlikmi, bemorlikmi, tashvishmi, mahzunlikmi, ozormi, g‘am-g‘ussami, hattoki tikon kirishmi yetadigan bo‘lsa, albatta, Alloh ular ila uning xatolarini kafforat qiladi», dedilar.
Sabr izzat va sharaf garovidir.
Inson hayotda yashar ekan kutilgan va kutilmagan musibatlarga duchor boʻlishi tarbiyadir.
Gohida soligʻini yoʻqotsa, ba’zida yaqinlaridan judo boʻladi. Egallagan mansabida ajralishi ham ehtimoldan holi emas. Yana ba’zida xavf-hatatlar girdobiga tushib qoladi.
Nima boʻlganda ham boshiga musibat tushgan mo’min oʻzini yoʻqotib qoʻymasligi,bu sinovlarni Yaratganni sinovi oʻlaroq qabul etib , unga chidamli boʻlish lozim. Trio kelgan odamga musibatlarini arz qilib ahvoldan shikoyat qilish, Alloh taoloning gʻazabini keltiradigan noma’qul ruhiy tushkunlikka tushib oʻrniga, aksincha, musibatni ulkan imkoniyat eshigi deb bilish va undan unumli foydalanib qolishlari kerak boʻladi.
Shuning ekan, azizlar! Boshqa har ne musibat tushganda ham alamdazalik qilib Allohga xush kelmaydigan ishlardan uzoq boʻlaylik. Balki, musibatni bandasiga arz qilmasdan uning ajrini Xoliq taolodan koʻraylik! Alloh taolo barchamizni shariat doirasida sobit qadam qilsin!
Tavsiya etamiz: Sabr-qanoat va sabrsizlik haqida maqollar.