Milliy sertifikatga ega o'quvchilar yakuniy imtihonlardan ozod etiladi
Bosh sahifa » Milliy test tizimi savollari » Milliy sertifikatga ega o’quvchilar yakuniy imtihonlardan ozod etiladi

Milliy sertifikatga ega o’quvchilar yakuniy imtihonlardan ozod etiladi

Milliy sertifikatga ega o’quvchilar yakuniy imtihonlardan ozod etiladi.

Milliy sertifikatga ega o’quvchilar.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 20-fevral kungi 65-sonli buyrug‘ining  2-ilovasida keltirilgan chet tili fanlari hamda umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikati boʻlgan oʻquvchilar ilovada keltirilgan baholash asosida baholanib imtihondan tegishli fanlar fandan ozod qilinadi.

Xorijiy til fanidan B yoki undan yuqori darajadagi sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etilib, mazkur fandan ularga 5 baho beriladi.

Milliy sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etilib, mazkur fandan ularga quyidagicha baho qo’yiladi.

A, A+ uchun 5 baho
B, B+ uchun 4 baho
C, C+ uchun 3 baho beriladi.

Amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yil davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz qoʻllaniladi.

Taviya etamiz: 9-11-sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari

She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
Scroll to Top