Mundarija
Milliy test tizimi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi (DTM) tomonidan ona tili va adabiyoti, kimyo, biologiya, fizika va matematika fanlaridan milliy test tizimi uchun test varianti tafsiloti va namunaviy test topshiriqlarini e’lon qilingan.
Matematika fani.
Matematika faniga oid test topshiriqlari talabgorlarning nazariy bilimlarni o‘zlashtirish darajasini va ularning mantiqiy fikrlashini baholaydigan topshiriqlaridan iborat. Mazkur test topshiriqlarini ishlab chiqishda amaldagi davlat ta’lim standartlari va umumta’lim fanlari o‘quv dasturlarida o‘zlashtirilishi belgilab ko‘rsatilgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar asos qilib olindi.
Matematika fanidan (o’zbek) PDF shaklida>> Yuklab olish
Matematika fanidan (rus) PDF shaklida>> Yuklab olish
Fizika fani.
Mazkur test varianti tafsilotining maqsadi umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi doirasida fizika fanidan talabgorlarning bilim darajasini aniqlash va sertifikatlash uchun qo‘llaniladigan test varianti formati (topshiriqlar soni, turi, vaqt me’yori), fan mazmuni tarkibi, kognitiv ko‘nikma darajalari, talabgorlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar va baholash mezonlarini belgilashdan iborat.
Fizika fanidan (o’zbek) PDF shaklida>> Yuklab olish
Fizika fanidan (rus) PDF shaklida>> Yuklab olish